JET: Endi komissiyasiz kartadan kartaga 57 mln so'mgacha o'tkazish mumkin Batafsil

ATB “QISHLOQ QURILISH BANK” AKSIYADORLARINING UMUMIY YIG‘ILISHI O‘TKAZILISHI TO‘G‘RISIDAGI XABARNOMA

12.05.2017


2017 yil 26 may kuni soat 10.00 dan boshlab ATB «Qishloq qurilish bank»ning aksiyadorlari Umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Aksiyadorlar 2017 yil 26 may kuni soat 9.00 dan 10.00 gacha ro‘yxatga olinadi.           Bank joylashgan manzil: 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi 18-A uy.

Umumiy yig‘ilish kun tartibi:

I. Bankning 2016 yildagi faoliyati bo‘yicha bank Kengashining hisoboti

II. ATB «Qishloq qurilish bank»ning 2016 yildagi faoliyati natijalari bo‘yicha bank Boshqaruvining hisoboti va 2017 yilga belgilangan ustuvor vazifalar

III. Bankning 2016 yildagi faoliyati bo‘yicha Taftish komissiyasining hisoboti

IV. 2016 yil 31 dekabr holatiga bankning buxgalteriya balansi hamda foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash

V. 2016 yil faoliyati yakuni bo‘yicha bank foydasini taqsimlash

VI. Bank Kengashi va Taftish komissiyasi a’zolarini saylash hamda Boshqaruv a’zolari tarkibini tasdiqlash

VII. Bankning 2017 yil faoliyati yakuni bo‘yicha auditorlik tashkilotini va uning xizmatiga to‘lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash

VIII. Bank ishtirokida tashkil qilingan agrotexservis korxonalaridagi bank ulushini sotish

IX. Bankda o‘tkazilgan korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalarini ko‘rib chiqish

Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat, vakillari esa belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari shart.

Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati 2017 yil 22 may holatiga ko‘ra tuziladi.

ATB «Qishloq qurilish bank» Kengashining 2017 yil 10 maydagi qaroriga asosan:

1. Umumiy yig‘ilish o‘tkazish to‘g‘risida bank aksiyadorlarini xabardor qilish uchun reestrni shakllantirish sanasi: 2017 yil 10 may.

2. Umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan bank aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi: 2017 yil 22 may.

Murojaat uchun telefon: (0371) 150-76-90

                                                                                                                                 Bank Kengashi


BRB
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Top EmployersInstitute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi

07.07.2025

Kapitalbank Top EmployersInstitute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi

SQB mahalla bankiri — eng muhim paytda yoningizda

03.07.2025

SQB mahalla bankiri — eng muhim paytda yoningizda

SQB Insurance aksiyasi: Yozgi imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!

03.07.2025

SQB Insurance aksiyasi: Yozgi imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!



Orphus tizimi