JET: O'zbekistonda eng manfaatli kredit kartasini qaysi bank taklif qiladi? Batafsil

ATB “Qishloq qurilish bank”ning Sardobadagi samarali loyihasi

13.11.2020

2020 yil 1 mayda ro‘y bergan tabiiy ofatdan jabr ko‘rganlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga qisqa vaqtlarda yashash uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga bevosita davlat rahbari boshchiligida alohida e’tibor qaratildi. Natijada, talofat ko‘rgan 3 ta hududda jami 50 gektar maydonda 86 ta 5 qavatli uy-joy barpo etildi. Jumladan, Sardoba tumanidagi “Do‘stlik” mahallasida 37 ta, Mirzaobod tumanidagi “Haqiqat” mahallasida 40 ta hamda “Navbahor” mahallasida 9 ta uy-joy qurildi. Ularda jami 2 ming 640 xonadon mavjud.

ATB “Qishloq qurilish bank” mazkur hududdagi aholini qo‘llab-quvvatlash, xususan yangi ish o‘rinlarini yaratishga doir loyihani qo‘llab-quvvatlash orqali, o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. Xususan, “Asadbek Avazbek xamkor” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli “Nafis liboslar” tikuvchilik korxonasiATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan ajratilgan kredit va ta’sischilarning o‘z mablag‘lari hisobidan Oqoltin tumanida faoliyat boshladi.

Korxona rahbari Zafar Saliyev loyihani ishga tushirishda ATB “Qishloq qurilish bank”ning o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlaganini ta’kidlab, 2020 yil 19 avgust kuni bank bilan tuzilgan kredit shartnomasiga asosan, “Tikuvchilik sexi qurish va tikuv uskunasi va anjomlari sotib olish” maqsadida 3 yil muddatga 2,1 mlrd. so‘m kredit mablag‘i ajratilganini ma’lum qildi.

Loyihaning umumiy qiymati 5,0 mlrd. so‘m bo‘lib, shundan 2,9 mlrd. so‘m ta’sischining o‘z mablag‘lari va 2,1 mlrd. so‘m bank krediti hisoblanadi. Loyiha ishga tushirilishi natijasida, 50 nafar xotin- qizlar ish bilan ta’minlandi. Kelgusida ish o‘rinlarini 100 tagacha oshirish rejalashtirilmoqda. Korxona yiliga 2,0 mln. dona tayyor tirikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Tayyor mahsulotlar ayni paytda mahalliy bozorlarga yetkazib berilmoqda. 2021 yildan boshlab Kozog‘iston, Turkiya va Rossiya davlatlariga eksport qilish ko‘zda tutilgan.

Yana bir ahamiyatli tomoni, ushbu maskan mahallada istiqomat qiladigan xotin-qizlarnining doimiy bandiligini ta’minlash bobida ham muhim joyga aylandi. Korxona ishchisi Nilufar Ashurova bir vaqtning o‘zida yangi uy, yangi mahalla va yangi ish o‘rniga ega bo‘lish, har bir ayol uchun 3 karra baxtga bir vaqtda erishishdek qadrliligini to‘lqinlanib gapirdi. Ayniqsa, ish boshlagan kezlarida shahsan, davlat rahbarining korxonaga tashrifi unutilmas bo‘lgani, uchrashuv davomida bildirilgan fikrlar, olingan xulosa doim ruhlantirib turishini ta’kidladi. Darhaqiqat, Davlat rahbarining “Xotin-qizlarga e’tiborni yanada kuchaytiramiz. Ayolni rozi qilolsak, jamiyatimiz fayzli bo‘ladi, hamma rejalarimizni amalga oshira olamiz”, degan gaplari korxona ishchilari ruhlantirib yubordi. Korxona mehnat jamoasi yuksak e’tibordan kuch olib, berilgan imkon, ko‘rsatilgan e’tibor va g‘amxo‘rlikka o‘zlarining samarali mehnati bilan javob berishga qat’iy bel bog‘lagan. Muhimi, ular tikayotgan kiyimlar yurtdoshlarimiz va xatto xorijliklar uchun ham yangi quvonch bo‘lishini, his etib, mahsulotlarni yanada sifatli tayyorlashga intilishmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, Bankning Sirdaryo mintaqaviy filiali viloyatda amalga oshirilayotgan loyihalarni hayotga tatbiq etishga va qo‘llab-quvvatlashga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Xususan, yil boshidan buyon, jami 16 ta tadbirkorlik sub’ektlarining 78,6 mlrd. so‘mlik loyihalari uchun kreditlar ajratildi. Ular asosida 245 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Jumladan, tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan hududlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘z navbatida, pandemiya sharoitida, bank mijozlari bo‘lgan 64 ta tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 2020 yilning 1 oktabr kuniga qadar imtiyoz berish kabi choralar ko‘rildi. Natijada, 19,5 mlrd. so‘m kredit grafiklarini to‘lov muddatlari kechiktirishga erishildi.

Bir so‘z bilan aytganda, yurtimiz moliya muassalari amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarda faol ishtirok etishi muhim ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqqan holda, ATB “Qishloq qurilish bank” aholi farovonligini oshirishga qaratilgan islohotlarga muntazam ravishda munosib hissa qo‘shishga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu kabi loyihalarni yurtimizning barcha mintaqalarida amalga oshirish bugungi kunda ko‘rilayotgan choralardan ko‘zda tutilgan bosh maqsaddir.

 

Alisher Ravshanov,

Bank axborot xizmati mutaxassisi

BRB
O'xshash yangiliklar
Push30 sizga yangi yilni yorqin taassurotlar bilan boshlash imkoniyatini tuhfa qiladi!

14.11.2024

Push30 sizga yangi yilni yorqin taassurotlar bilan boshlash imkoniyatini tuhfa qiladi!

Ozon Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirmoqda. Bu esa shuni anglatadiki, hech narsa sotmaydigan va ishlab chiqarmaydigan odamlar ham oʻz muvaffaqiyatli biznesini boshlashi mumkin.

07.11.2024

Ozon Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirmoqda. Bu esa shuni anglatadiki, hech narsa sotmaydigan va ishlab chiqarmaydigan odamlar ham oʻz muvaffaqiyatli biznesini boshlashi mumkin.

Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

30.10.2024

Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi



Orphus tizimi