O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 19 fevraldagi ““Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi” to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “ATB “Qishloq qurilish bank” tizimida (mahsus Dastur ishlab chiqildi) “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha 2014 yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Dasturi” ishlab chiqildi.
Ushbu dastur doirasida, bank tomonidan hisobot davri mobaynida xotin-qizlar hamda yoshlarning ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tadbirkor ayollar rahbarlik qilayotgan xo‘jalik sub’ektlariga 51,3 mlrd. so‘m, kasb-hunar kollej bitiruvchilarining tadbirkorlik faoliyatlarini tashkil etish, ularning o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishlari hamda tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq loyihalarini moliyalashtirish uchun 920 ta kasb-hunar kollej bitiruvchilariga 14,7 mlrd. so‘m miqdorida imtiyozli mikrokreditlar ajratildi.
Ayollarning uy mehnatini engillashtirish va maishiy sharoitlarni yaxshilash maqsadida iste’mol tovarlari va ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun maishiy va oshxona elektr jihozlarini xarid qilishga 1,8 mlrd. so‘m miqdorida iste’mol kreditlari ajratildi.
Shuningdek, 2014 yil davomida 529 ta yosh oilalarga 55,7 mlrd.so‘m miqdorida ipoteka kreditlari ajratilgan bo‘lsa, yangi tashkil etilayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga, oilaviy tadbirkorlar hamda kasanachilikka 19,6 mlrd. so‘m miqdorida mikrokreditlar ajratildi.
Bank axborot xizmati
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
ATB “Qishloq qurilish bank” “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi doirasida 920 ta kasb-hunar kollej bitiruvchilariga kreditlar ajratdi