ATB "Qishloq qurilish bank" va O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining G’aznachiligi o’rtasida elektron qaydnoma tizimi yo’lga qo’yildi.

27.04.2015


ATB "Qishloq qurilish bank" o’z faoliyatini yanada kengaytirishga alohida e'tibor qaratib kelmoqda va  zamonaviy informatsion texnologiyalar yutuqlaridan keng foydalanilgan holda, bank tomonidan yangi xizmatlarni joriy etish borasida faol ish olib borilmoqda.

Xususan, bugungi kunda "Qishloq qurilish bank" va O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining G’aznachiligi o’rtasida "Elektron Qaydnoma" tizimi yo’lga qo’yildi.

Bu tizimni joriy qilinishi  mijozlarga bir qancha quylayliklarni yaratish bilan bir qatorda bank xarajatlarini kamaytirish, bank amaliyotlarini bajarishga sarflanadigan vaqtni kamaytirishga asos bo’ladi.

Mazkur tizim orqali endilikda byudjet korxonalari va tashkilotlari ishchi-xodimlarining oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlari UzASBO (O’zbekiston byudjet tashkilotlarining avtomatlashtirilgan tizimi) dasturi va bankning avtomatlashtirilgan dasturi yordamida bankda ochilgan plastik kartochkalarga avtomat tarzda kirim qilinadi.

Yangi tizimning bir qator afzalliklari shundaki, ish haqi qaydnomalari elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda G’aznachilikning UzASBO dasturidan bankka maxsus himoyalangan kanal orqali jo’natilib, mijozlarning plastik karta hisob varaqlariga pul mablag’lari avtomatik ravishda kirim qilinadi. Bu korxona va tashkilotlar ish haqi qaydnomalarini bankka qog’oz va elektron ko’rinishdagi shakllarini taqdim etish uchun sarflangan vaqtni tejash imkonini beradi.

Ushbu loyiha bank filiallarida muvaffaqiyatli sinovdan o’tkazilib, yakunlangandan so’ng, xuddi shu tizim asosida pensiya to’lovlarini plastik kartochkalar hiobvaraqlariga o’tkazilishini avtomatlashtirish yo’lga qo’yiladi.

 

Bank matbuot xizmati


BRB
O'xshash yangiliklar
Tenge Bank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zoligiga qo‘shildi

13.04.2026

Tenge Bank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zoligiga qo‘shildi

Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi

07.04.2026

Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi

Octobank takliflari bilan biznesingizga yangi turtki bering!

26.03.2026

Octobank takliflari bilan biznesingizga yangi turtki bering!



Orphus tizimi