24-oktabr kuni UZCARD FORUM 2024 doirasida bo‘lib o‘tgan maxsus fintech ko‘rgazmasi UZCARD EXPO 2024 da O‘zbekiston Respublikasida avtomatlashtirilgan yo‘l haqi to‘lovi tizimi operatori “ATTO” kompaniyasi ishtirok etdi.
UZCARD EXPO 2024 — bank sektoriga bag‘ishlangan maxsus fintech ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilarining eng so‘nggi ishlanmalarini namoyish qilish uchun platforma bo‘lib xizmat qildi. Shu nuqtai nazardan, ATTO mamlakatda yo‘l haqi to‘lovi tizimini avtomatlashtirishga qaratilgan ilg‘or yechimlarini taqdim etdi. Kompaniya stendida shuningdek, ATTO faoliyati to‘g‘risidagi imidj videomateriali hamda ATTOning real vaqtda ishlashini ko‘rsatuvchi maxsus dashtbord namoyish etildi.
EXPO 2024 O‘zbekiston fintech sohasidagi so‘nggi trendlar va texnologiyalarni muhokama qilish uchun maydoncha bo‘ldi. Forum mehmonlari ATTO stendiga tashrif buyurib, kompaniya ishlanmalari bilan tanishish va hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
UZCARDning 20 yilligiga bag‘ishlangan forum moliyaviy texnologiyalar sohasidagi yirik tadbir bo‘lib, bank va fintech industriyasi yetakchilari, davlat vakillari va xalqaro ekspertlarni o‘z ichiga olgan 500 dan ortiq ishtirokchilarni birlashtirdi.
Shuningdek, tadbir doirasida ATTO kompaniyasining ijrochi direktori Davron Shoyokubov jamoat transportida naqd pulsiz to‘lovlarni rivojlantirish va tranzaksiyalar o‘sishiga bag‘ishlangan taqdimot bilan chiqish qildi. Shuningdek, Uzcard bilan kobrend kartalarni chiqarishning afzalliklari, ATTOning banklarga ko‘rsatayotgan xizmatlari va bu sohaning rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
“UZCARD EXPO 2024 da o‘z stendimizni taqdim etganimizdan faxrlanamiz. Bunday muhim tadbirda ishtirok etish bizga avtomatlashtirilgan yo‘l haqi to‘lovi tizimimizni namoyish qilish va Uzcard bilan kobrend kartalarni chiqarish haqida ma’lumot berish imkonini berdi. Biz texnologiyalar transport va moliya sohasidagi xizmatlar sifatini sezilarli darajada yaxshilay olishiga ishonchimiz komil. Bizning yechimlarimiz jarayonlarni optimallashtirish, xavfsizlikni oshirish va foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratishga qaratilgan. Ko‘rgazma tashkilotchilariga tajribamiz bilan ulashish va soha bo‘yicha kelajakdagi moliyaviy texnologiyalarni hamkasblar bilan muhokama qilish imkoniyati uchun minnatdorchilik bildiramiz”, — deb izoh berdi ATTO kompaniyasining ijrochi direktori Davron Shoyokubov.
14.11.2024
Push30 sizga yangi yilni yorqin taassurotlar bilan boshlash imkoniyatini tuhfa qiladi!
07.11.2024
Ozon Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirmoqda. Bu esa shuni anglatadiki, hech narsa sotmaydigan va ishlab chiqarmaydigan odamlar ham oʻz muvaffaqiyatli biznesini boshlashi mumkin.
30.10.2024
Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi
ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi