Avtokredit 2021: iste'molchilar uchun bozorning kengaytirilgan sharhi

Avtokredit 2021: iste'molchilar uchun bozorning kengaytirilgan sharhi.

Qanday avtokredit siz uchun eng qulay va foydali? Chet el avtomobilini sotib olish uchun qaysi banklar kredit beradi? Ishlatilgan mashinalar uchun avtokredit olsa bo'ladimi? Ushbu va boshqa savollaringizga javobni Bank.uz avtomobil krediti bozori bo'yicha tadqiqotlarida topishingiz mumkin.

Hammani ham o'z mablag'i evaziga avtomobil sotib olishga imkoniyati mavjud emas, lekin hamma katta shaharda shaxsiy avtomobilga ega bo'lishni xohlaydi. Avtokreditlar yordamida avtomobil sotib olish tobora keng tarqalgan usulga aylanmoqda. Avtomobilning o'zi ko'pincha garov sifatida ishlatiladi.

Bank.uz jamoasi iste'molchilarga O'zbekistondagi banklarning avtokreditlar bo'yicha ko'plab takliflar orasida tanlovni osonlashtirish uchun 2021 yil 7-fevral holatiga avtokreditlar bo'yicha umumiy ma’lumotlarni hisoblab chiqdi. Ma’lumotlarni yig’ishda ushbu xizmatni taqdim etadigan 32 bankdan 21 tasi ishtirok etdi. Ma’lumotlar banklarning maslahatchilari qo'ng'iroq paytida bergan ma'lumotlari va ularning rasmiy veb-saytlaridagi tarif rejasi asosida tuzilgan.

O'zbekistonda avtokredit bo'yicha eng ommabop taklif - bu o’zimizda ishlab chiqarilgan yangi avtomobillarni sotib olish. Ikkilamchi sotuv va xorijiy brend avtomobillarini sotib olish uchun faqat bir nechta banklar kredit berishlari mumkin.

Avtokredit olish uchun zarur bo'lgan umumiy hujjatlar ro’yxati: kredit olish uchun ariza, pasport, 12 oylik daromadlar to'g'risidagi ma’lumotnoma, avtosalon bilan tuzilgan shartnoma va ta’minot hujjatlari.

Potentsial qarz oluvchiga umumiy talablar: 18 yoshdan oshgan, O'zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki O'zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, kamida 6 oy ish staji va ijobiy kredit tarixi.

UzAuto tomonidan ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar uchun avtokredit bozori haqida umumiy ma’lumot

Yangi o’zimizda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun avtokreditlar bozori o'tgan yilning so'nggi choragiga nisbatan ancha arzonlashdi. Bu o'tgan yili Markaziy bank tomonidan joriy qilingan maqbul foiz siyosatining 2021 yil 1 yanvarda tugashi bilan bog'liq. Agar 2020 yil oxirida foiz stavkasi o'rtacha 22-23 foizni tashkil etgan bo'lsa, endi u 25-26 foizni tashkil etadi. Ko'pgina banklar dastlabki to'lov miqdoriga yoki kredit muddatiga qarab (jadvalda ko'rsatilgan) kamayib boruvchi foiz stavkasini taqdim etadilar.

Yangi o’zimizda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun avtokredit bozorining umumiy holati:

• Bozordagi o'rtacha boshlang'ich to'lov - 30%. Bozorda eng past boshlang'ich to'lovni Davr Bank va Infin Bank taklif qiladi - mos ravishda 20% va 25%.

• O'rtacha yillik foiz stavkasi - 25%. Milliy bank 12 oy davomida boshlang'ich to'lovi 50% li eng past yillik foiz stavkasini,19% foiz miqdorida, 12 oyga taqdim etadi.

• Avtoulov kreditining o'rtacha muddati 36 oygacha. Eng uzoq muddatli avtokreditni, 60 oygacha, "Ipak Yo’li" banki taqdim etiladi.

• Avtoulov krediti olish uchun arizani ko'rib chiqishning o'rtacha vaqti 3-5 kun.

• Asosiy qarz uchun imtiyozli muddat Xalq Bankida (1 oy), Orient Finance Bankda, O'zbekiston Milliy bankida va Asaka Bankda (3 oy) mavjud.

Tayyorgarligi yo’q iste'molchi uchun banklar takliflari orasidan birontasini tanlash o'ta qiyin, chunki qulay foiz stavkasi, ko'pincha birinchi to'lov miqdori va muddati jihatidan unchalik qulay bo'lmagan shart-sharoitlar bilan birga keladi va aksincha. .

Bank.uz jamoasi iste'molchilar uchun eng muhim bo'lgan asosiy mezonlarga muvofiq avtokredit bo'yicha alohida takliflar reytingini tuzdi. Tahlilchilar quyidagi odamlar uchun eng yaxshi kredit takliflarini topishga harakat qilishdi:

- eng past foiz stavkali avtomobil sotib olmoqchi bo’lganlar uchun,

- eng past boshlang'ich to'lovni qidirganlar uchun,

- to'lovlarni uzoq muddatga uzaytirmoqchi bo’lganlar uchun.

Avtomobil kreditining eng past foizi

Eng past foizli avtokreditlar reytingiga faqat yillik foiz stavkasi 22 foizdan oshmaydigan banklarning takliflari kiritilgan. Bank takliflarining har bir parametrlari ballar bilan baholanadi, so'ngra jamlanib, bankka biriktiriladi. Ushbu reyting, keltirilgan mezonlarga javob beradigan atigi 2 ta bankni o'z ichiga oladi. Mumkin bo'lgan maksimal ball 5 ga teng.

Foiz stavkasi

Muddati, oy ko’rinishida

Birinchi badal,% da

Imtiyozli davrlar, oy ko’rinishida

Arizani ko'rib chiqish, kun ko’rinishida

Jami - 5 ball

1

Milliy Bank

22

36

50

3

3

2

20/21

24

40/50

2

3

1,5

19

12

50

0

3

0,5

2

MKB

22

12

30

0

5

1

 

Bir vaqtda to’lovning uchdan bir qismidan ko'p bo'lmagan miqdorini to'lashga tayyor bo'lganlar uchun.

Eng kam boshlang'ich to'lovga ega bo'lgan avtokreditlar reytingiga banklarning boshlang'ich to'lovi 35 foizdan ko'p bo'lmagan barcha takliflari kirdi. Ushbu reyting keltirilgan mezonlarga javob beradigan 19 ta bankni o'z ichiga oladi. Mumkin bo'lgan maksimal ball 9 ga teng.

Foiz stavkasi

Muddati, oy ko’rinishida

Birinchi badal,% da

Imtiyozli davr, oy ko’rinishida

Arizani ko'rib chiqish, kun ko’rinishida

Jami - 9 ball

1

Davr Bank

23

36

20

0

3

6,5

2

Asaka Bank

23

36

30

3

5

5,5

3

Milliy Bank

24

36

30

3

3

5,5

4

Ziraat Bank

23/24/25

12/24/36

30

0

5

5,5

5

MKB

22/24/25

12/24/36

30

0

5

5,5

6

Turon Bank

24

36

30

0

5

5

7

Tenge Bank

25

48

30

0

3

5

8

QQB

26

48

30

0

3

5

9

Xalq Banki

27/28/29

12/24/36

30

1

3

4,5

10

Trast Bank

26

36

30

0

3

4,5

 

Avtokreditni kamida 3 yil orasida to'lashga tayyor bo'lganlar uchun.

Kreditlar muddati bo'yicha avtokreditlar reytingiga o'rtacha 36 oylik kredit muddati bo'lgan banklarning barcha takliflari kiritilgan. Ushbu reyting 17 bankni o'z ichiga oladi. Mumkin bo'lgan maksimal ball 7 ga teng.

Foiz stavkasi

Muddati, oy ko’rinishida

Birinchi badal,% da

Imtiyozli davr, oy ko’rinishida

Arizani ko'rib chiqish, kun ko’rinishida

Jami - 7 ball

1

Davr Bank

23

35

20

0

3

5,5

2

Tenge Bank

24/25

48

50/30

0

3

5,5

3

Milliy Bank

24/23/22

36

30/40/50

3

3

5

4

QQB

26

48

30

0

3

4,5

5

Asaka Bank

23

36

30

3

5

4,5

6

Ipak yo’li Bank

26,9

48/60

36

0

3

3,5

7

Trast Bank

24/26

36

30/50

0

3

3,5

8

Ipoteka Bank

26

36

30

0

3

3,5

9

Poytaxt Bank

26

35

30

0

3

3,5

10

Orient Finans bank

26,9/25,9

36

30/40

3

5

3,5

 

Avtokreditlashning eng uzoq muddati - Ipak Yo'lli Bankda 60 oylik muddat, yillik foiz stavkasi 26,9% va boshlang'ich to'lovi 36% bilan.

Shuni ta'kidlash kerakki, Kapital Bank qo'shimcha to'lov bilan dastlabki to'lovni kamaytirishi yoki kredit muddatini oshirishi mumkin, foiz stavkasi esa o'zgarmaydi. Ushbu imkoniyat haqida ma'lumot faqat aloqa markazida yoki bank filiallarida mavjud.

Chet el avtomobillari uchun avtokredit bozori to’g’risida ma’lumot

Chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillarni kreditlash bozori O'zbekistonda kam rivojlangan va bugungi kunda ushbu xizmat faqat Kapital Bank tomonidan ko'rsatilmoqda. Avtokredit 36 ​​oygacha Lada va Hyundai rusumli avtomobillar uchun 23% stavka bilan beriladi.

Ta'kidlash joizki, Kapital Bank xorijiy avtomobil sotib olish uchun kreditni, ya'ni mablag'ni to'g'ridan-to'g'ri dilerga o'tkazish yo'li bilan emas, balki kerakli miqdorni iste'mol krediti shaklida (223 million so'mgacha) qarz oluvchi nomiga ro'yxatdan o'tgan HUMO kredit kartasiga pul o’tkazish yo’li orqali amalga oshiradi.

Ikkilamchi avtomobil bozori uchun kreditlar to’g’risida ma’lumot

Ishlatilgan avtomashinalarni kreditlash Kapital Bank, Turon Bank, Ipoteka Bank, Hamkor Bank va Xalq Bank tomonidan 36 oygacha o'rtacha 25,5% yillik stavka va 25% boshlang'ich to'lov bilan taqdim etiladi.

 

Ikkilamchi bozor

Foiz stavkasi

Muddati, oy ko’rinishida

Birinchi badal,% da

Arizani ko'rib chiqish, kun ko’rinishida

1

Kapital Bank

23

36

25

5

2

Turon Bank

26/25/24

36

50/40/30

5

3

Hamkor Bank

26

36

30

5

4

Ipoteka Bank

26

36

30

3

5

Xalq Banki

27/28/29

12/24/36

30

3

Natija

Iste'molchilar uchun asosiy noqulayliklardan biri shundaki, ko'plab banklarning rasmiy veb-saytlarida mavjud bo'lgan barcha avtokreditlash imkoniyatlari to'g'risida to'liq ma'lumot mavjud emas. Afsuski, siz hali ham to'liq ma'lumot uchun aloqa markaziga qo'ng'iroq qilishingiz yoki bank filiallariga murojaat qilishingiz kerak.

O'zbekistonda avtotransport kreditlash bozorining rivojlanishi qiyinchiliklarga qaramay davom etmoqda, ammo hozirgi kunga qadar bozor aksariyat MDH mamlakatlarining standartlaridan yiroq va ko'p xizmatlar amalga oshirilmaydi, masalan: dastlabki to'lovsiz kredit berish, 10-30 daqiqada taqdim etiladigan tezkor kredit, 5 yillik qarz berish muddati, xizmat ko'rsatish va sug'urta xizmatlarini kreditga qo'shilish imkoniyati, avtosalonda ro'yxatdan o'tish imkoniyati (yangi bo'lsa) va boshqalar.

Eng past foizli to'lovga ega bo’lgan kreditlarning reytingni baholash mezonlari

Muddati, oy ko’rinishida

60 oygacha - 2 ball

48 oygacha - 1,5 ball

36 oygacha - 1 ball

24 oygacha - 0,5 ball

12 oygacha - 0 ball

Birinchi badal,% da

Agar hissa ≤25% bo'lsa - 2 ball

Agar hissa> 25% va -30% bo'lsa - 1 ball

Agar hissa> 30% bo'lsa - 0 ball

Imtiyozli davr, oy ko’rinishida

Mavjud - 0,5 ball

Qarz berish to'g'risida qaror qabul qilish muddati

3 ish kuni - 0,5 ball

5 ish kuni yoki undan ko'p - 0 ball


Eng kam boshlang'ich to'lovga ega kreditlarning reytingni baholash mezonlari

Foiz stavkasi

Kamayib boradigan badal stavkasi - 1 ball

Yillar davomida foiz stavkasining pasayishi - 1 ball

Agar foiz ≤24% bo'lsa - 3 ball

Agar foiz ≥25% va <26.9% bo'lsa - 2 ball

Agar foiz ≥26,9% va <28,1% bo'lsa - 1 ball

Agar foiz> 28% bo'lsa - 0 ball

Muddati, oy ko’rinishida

60 oygacha - 2 ball

48 oygacha - 1,5 ball

36 oygacha - 1 ball

24 oygacha - 0,5 ball

12 oygacha - 0 ball

Birinchi badal,% da

Agar hissa ≤25% bo'lsa - 2 ball

Agar hissa> 25% va -30% bo'lsa - 1 ball

Agar hissa> 30% bo'lsa - 0 ball

Imtiyozli davr, oy ko’rinishida

Mavjud - 0,5 ball

Qarz berish to'g'risida qaror qabul qilish muddati

3 ish kuni - 0,5 ball

5 ish kuni - 0 ball

O'rtacha muddatga ega kreditlarning reytingni baholash mezonlari

Foiz stavkasi

Kamayib boradigan badal stavkasi - 1 ball

Yillar davomida foiz stavkasining pasayishi - 1 ball

Agar foiz ≤24% bo'lsa - 3 ball

Agar foiz ≥25% va <26.9% bo'lsa - 2 ball

Agar foiz ≥26,9% va <28,1% bo'lsa - 1 ball

Agar foiz> 28% bo'lsa - 0 ball

Birinchi badal,% da

Agar hissa ≤25% bo'lsa - 2 ball

Agar hissa> 25% va -30% bo'lsa - 1 ball

Agar hissa> 30% bo'lsa - 0 ball

Imtiyozli davr, oy ko’rinishida

Mavjud - 0,5 ball

Qarz berish to'g'risida qaror qabul qilish muddati

3 ish kuni - 0,5 ball

5 ish kuni - 0 ball

O'xshash yangiliklar
Markaziy bankning ko'chmas mulk bozori tahlilida xatolik bo'lishi mumkinmi?
Markaziy bankning ko'chmas mulk bozori tahlilida xatolik bo'lishi mumkinmi?

Dekabr oyi oxirida dollar kursi pasayadimi?
Dekabr oyi oxirida dollar kursi pasayadimi?

O'zbekistonda avtomobil uchun necha yil pul yig'ish kerak?
O'zbekistonda avtomobil uchun necha yil pul yig'ish kerak?



Orphus tizimi