Avtokreditlar – tez va qulay shartlarda!

27.08.2018

Avtokreditlar – tez va qulay shartlarda!

Aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida jismoniy shaxslarga avtokreditlar berish tartibini yanada soddalashtirdi. Xususan, avtokredit olish uchun jismoniy shaxslardan talab qilinadigan hujjatlar birmuncha qisqartirildi. Endilikda fuqarolar ortiqcha ovoragarchiliksiz, tez va soddalashtirilgan shaklda avtokreditlardan foydalanishlari mumkin.

Bunda qarz oluvchi kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
a) kredit oluvchi/sherik qarzdor(lar)ning pasport nusxasi:
b) kredit oluvchi/sherik qarzdor(lar)ning oxirgi 12 oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan daromadlari to‘g‘risida (soliq ushlanmalari va ajratmalari ko‘rsatilgan holda) ma’lumotnoma;
v) kredit qaytarilishi ta’minoti.

Avtokredit shartnomasi bo‘yicha qarz oluvchining majburiyatlari yuzasidan yaqin qarindoshlari hamda boshqa shaxslar sherik qarz oluvchilar bo‘lib qatnashishi mumkin. Qarz oluvchi va sherik qarz oluvchi/kafil(lar)ning yillik ish haqi va unga tenglashtirilgan daromadlari jami o‘rtacha oylik miqdorining 70 foizigacha kredit va unga hisoblangan foizlarni so‘ndirishga yo‘naltirilishi mumkin.

Avtokredit olishdagi asosiy shartlar quyidagilardir:
- dastlabki badal – kamida 30 foiz;
- kredit muddati – 4 yilgacha;
- foiz stavkasi – kamida yillik 22 foiz;
- imtiyozli davr – 6 oy;
- asosiy qarz imtiyozli davrdan so‘ng teng taqsimlangan holda.

Avtokreditning umumiy miqdoriga:
- sotib olinayotgan avtomobil qiymati;
- sug‘urta to‘lovi;
- Respublika yo‘l jamg‘armasiga to‘lov;
- avtomobilga yoqilg‘i gaz balloni sotib olish va o‘rnatish xarajatlari uchun to‘lov kiritilishi mumkin.

Kredit hisobidan sotib olingan avtomobil, garovga qo‘yilgandan so‘ng dastlabki badal kreditni so‘ndirishga yo‘naltiriladi.
Yana bir yangilik. Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan “POYTAXT AVTOTEXSAVDO” avtosalonida ATB “Qishloq qurilish bank”ning Chakana xizmatlar markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Endilikda shu yerning o‘zida bank xodimlari tomonidan jismoniy shaxslarga avtokreditlar rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi.
Qulay shartlardagi avtokreditlardan foydalaning!

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!
Murojaat uchun: (+99871) 150-76-57, 150-93-39,  www.qqb.uz


Bank axborot xizmati   

BRB
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi



Orphus tizimi