JET: Kartadan kartaga 200 million so'mni komissiyasiz o'tkazish mumkinmi? Batafsil

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning bandligi ta’minlanmoqda

23.04.2021

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan so‘nggi yillarda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, salomatligini mustahkamlash va eng muhimi, ular uchun munosib turmush sharoitini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada, ayniqsa, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan izchil sa’y-harakatlar opa-singillarimizning nafaqat ijtimoiy faolligi, balki turmushi farovonligini yuksaltirishga xizmat qilayotir.

Ayni jarayonda aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan ham salmoqli ishlar amalga oshirilyapti. Xususan, moliya muassasasining ayollarning biznes sohasidagi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda joylarda aniqlangan xotin-qizlar muammolarini bartaraf etish bo‘yicha Ishchi guruhi tuzilib, ayni kunlarda “mahallabay” ishlash tizimi asosida opa-singillarimizni tadbirkorlikka o‘qitish, biznesga oid namunaviy rejalarini ishlab chiqish va kredit olishda amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Ishchi guruhi tomonidan o‘rganishlar natijasida ayon bo‘ldiki, mamlakatimizda 432 ming 781 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritilgan bo‘lib, ularning 70 mingga yaqini tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan. Shundan kelib chiqib, joriy yilning avgust oyiga qadar Xalq banki tomonidan 2 trln. so‘m kredit mablag‘larini ajratish rejalashtirildi. 

Umuman olganda, ayollar mehnatini qadrlash, iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida bank tomonidan taqdim etilayotgan imkoniyatlar ko‘plab opa-singillarimiz hayotiga yangicha mazmun olib kiryapti.

Birgina misol, Namangan viloyatining Norin tumanida istiqomat qiluvchi Muhabbat Xoldorovaning Ishchi guruhi tomonidan “mahallabay” kesimida ishlash jarayonida ijtimoiy ahvoli o‘rganilib, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit ajratildi.

— Ajratilgan mablag‘ evaziga tuman markazidan ayollar fitness klubini ochdim, — deydi u.  — Natijada oila a’zolarimning bandligi ham ta’minlandi. Ayni vaqtda klubimizga kelayotgan hududimiz ayollari bilan birgalikda o‘zim ham jismoniy mashg‘ulotlarni bajaryapman. Chunki sport bilan shug‘ullanish faqat jismoniy sog‘liq uchun kerak emas. U vaqtni to‘g‘ri tashkil qilish va boshqarish hamda farzandlaringizni sog‘lom bo‘lib dunyoga kelishini ham kafolatlaydi. Kelgusida ana shu jihatdan kelib chiqib, klubimiz faoliyatini yanada kengaytirmoqchimiz. 

Aytish joizki, bugungi kunga qadar Xalq banki tomonidan Muhabbat Xoldorova singari 27 ming 337 nafar opa-singillarimizga 440 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari berilib, 28 ming nafardan ziyod xotin-qizning bandligi ta’minlandi.

Mastura Abdurahimova — Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi “Chinobod” mahallasida yashaydi. U ko‘p yillardan beri farzandlarini yolg‘iz o‘zi voyaga yetkazib kelmoqda.

  Mamlakatimizda ayollarning jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi yo‘lida olib borilyotgan tizimli islohotlar tufayli Mastura Abdurahimovaning ham ishbilarmonlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda shaxsiy tashabbuslarini rag‘batlantirish uchun zamin yaratildi.

— Anchadan buyon chorvachilik bilan shug‘ullanish niyatim bor edi, — deydi M. Abdurahimova. — Lekin mablag‘ yo‘qaligi bois, bu istak ro‘yobga chiqmay turgandi. Niyat xolis bo‘lsa, amalga osharkan. Qarangki, bank xodimlarining o‘zi uyimga kelib, oilaviy sharoitimni o‘rganishdi va moliyaviy ko‘mak berishlari mumkinligini aytishdi. Shundan so‘ng imtiyozli kredit olib, qoramol sotib oldim. Hozir kuniga 12-15 litr atrofida sut olib, qishlog‘imiz aholisini sut va sut mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondiryapman. Daromadim yaxshi. Bu ishlarning boshida turganlarga rahmat, deyman!

Bugungi kunda aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan ayollarni tadbirkorlikka keng jalb etish va ularning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilayotgan alohida e’tibor mamlakatning barcha hududlarida ko‘zga tashlanmoqda.

Buxoro viloyatining Vobkent tumanidagi “Do‘stlik” mahallasida istiqomat qiluvchi Umida To‘rayeva “Ayollar daftari”ga ro‘yxatga olingan. Ammo tikish-bichishga layoqati bo‘lgani bois, moliya muassasasi tomonidan 100 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit olib, o‘zining oilaviy korxonasini tashkil qildi. Pirovardida esa “Ayollar daftari” ro‘yxatida turadigan 5 nafar xotin-qizni doimiy ish bilan ta’minladi. 

— Hozirda turli idora va tashkilotlar uchun maxsus kiyimlar  tikib, yetkazib beryapmiz, — deydi u. — Koronavirus pandemiyasi davrida ham ishimiz to‘xtab qolmadi: yaxshigina daromad qildik. Mahsulotlarimiz sifatli va arzon bo‘lgani bois, ichki bozorda unga bo‘lgan talab ortib boryapti. Extiyojdan kelib chiqib, endilikda ishlab chiqarayotgan mahsulotlarimiz turini ko‘paytirib, ichki bozorni sifatli kiyim-kechaklar bilan ta’minlamoqchimiz. Buning uchun barcha imkoniyatlar yetarli. 

Muxtasar aytganda, Xalq banki tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning biznes loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, olis va chekka hududlarda tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanish, ayniqsa, “Tomorqa xizmati” korxonalari va “dala do‘konlari”ni tashkil etish, qolaversa, moliya muassasasining ishchi guruhi tomonidan “mahallabay” kesimida aniqlangan  muammolarni bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

Bank Axborot xizmati.

Xalq Banki Xalq banki – O‘zbekistonning  birinchi banki bo'lib, moliya bozorida 1875-yil 10-maydan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bankning 300 ga yaqin xizmat ko'rsatish shoxobchalari, 3000 dan ortiq bankomatlari mavjud bo'lib, ular geografik qamrovi bo'yicha mamlakat moliya bozorida yetakchi hisoblanadi. Moliya muassasasi O'zbekiston bo'ylab 10 millionga yaqin bank xizmatlari iste'molchilariga xizmat ko'rsatadi.
Manba: Xalq banki
O'xshash yangiliklar
“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

04.07.2024

“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

02.07.2024

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi
Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi



Orphus tizimi