Joriy yilning 20 avgust kuni “Hamkor” xalqaro biznes markazida “Ayollar uchun moliyaviy savodxonlik” mavzusida seminar trening o'tkazildi. Seminar treningda “Hamkorbank” ATBning Andijon viloyatida joylashgan filiallari mijozlari bo'lgan tadbirkor ayollar hamda tadbirkorlikka ishtiyoqi baland xotin-qizlar ishtirok etdilar. Seminar trening Osiyo Taraqqiyot Bankining loyihasi doirasida malaka oshirgan bankning trenerlari tomonidan olib borildi.
Seminar treningda tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish uchun zarur bo'ladigan dastlabki ko'nikmalar, qonuniy-me'yoriy hujjatlar, bankda hisobraqam ochish va unda muomalalarni amalga oshirish, kredit olish hamda undan samarali foydalanish bo'yicha mashg'ulotlar olib borildi. Shuningdek, seminarda bankda ayol tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar va bankning Gender siyosati bo'yicha ham tushunchalar berildi.
Trenerlar seminar mavzularini ishtirokchilarga o'qitishning ilg'or texnologiyalari, jumladan, aqliy hujum, guruhlarda ishlash, munozara tarzida tushuntirdilar. Taklif etilganlar mashg'ulotlarda faol ishtirok etdilar.
Seminar yakunida qatnashchilar tashkil qilingan mashg'ulotlar uchun bank rahbariyatiga o'z minnatdorchiligini bildirdilar. Tumanlardan qatnashgan vakillar joylarda tadbirkorlikka qiziqishi bo'lgan ayollar nomidan bunday seminarlarni qishloqlarda ham tashkil qilish taklifini bildirdilar.
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
23.04.2026
Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.
23.04.2026
Biznes — bu to'g'ri qarorlar va ishonchli hamkorlik
Ayollar tadbirkorlikda ham e'zozda