Kapitalbank xalqaro ekspertlar ishtirokida O‘zbekiston HRD hamjamiyatining yig‘ilishini tashkil etdi Batafsil

Bank Boshqaruv raisining bayram tabrigi

31.08.2020
Bank Boshqaruv raisining bayram tabrigi

Аssalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar!
Hurmatli bankimiz mijozlari!

Sizlarni barchamiz uchun qadrli boʼlgan eng ulugʼ, eng aziz ayyom - Mustaqillik bayramining 29 yilligi bilan bank Boshqaruvi nomidan samimiy tabriklayman.

Shuni katta gʼurur va iftixor bilan aytish kerakki, bugun Oʼzbekiston oʼz taraqqiyotining yangi bosqichiga dadil qadam qoʼymoqda. 

Mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti, xalqimizning hayot darajasi va turmush sifatini har tomonlama yuqori bosqichga koʼtarish va Xalqaro maydonda oʼz nomi va mavqeini yanada mustahkamlash yoʼlida dadil odimlamoqda.

Hech kimga sir emaski, mustaqillik yillarida yuzlab tuman, shahar va qishloqlarimizning meʼmoriy qiyofasi tubdan yangilanib, yanada obod va farovon etish borasida tizimli islohot olib borilmoqda.

Hurmatli doʼstlar!

Barchangizga maʼlumki, bugungi pandemiya davrida qanchalik qiyin boʼlmasin iqtisodiy islohotlarni jadallik bilan olib borish, boshlagan tijoriy loyihalarni toʼla toʼkis amaliyotga tatbiq etishni taqazo etmoqda.

Bu yoʼlda "Аgrobank" АTB tomonidan ham aholi va mijozlarga qulay boʼlgan zamonaviy bank xizmatlarini koʼrsatish hamda tadbirkorlarni moliyaviy qoʼllab-quvvatlash borasida jadal ishlar olib borilmoqda.

Xususan, mamlakatimizning hududlaridagi 170 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassasi, 289 xalqaro pul oʼtkazmalari, 215 valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali 2,5 milliondan ortiq yuridik va jismoniy shaxslarga sifatli bank xizmatlarini koʼrsatib kelmoqda.

Shuni alohida eʼtirof etish kerakki, bugungi kunda Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida katta koʼlamdagi bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy sohalardagi islohotlar qatori avvalo, tijorat banklarni transformatsiya qilish, mutlaqo yangi zamon talablari darajasida xizmat koʼrsatish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

Bunda sohaga taalluqli boʼlgan koʼplab qonun, farmon va qarorlar qabul qilinayotganligi ham bu fikrni yaqqol tasdiqlab turibdi.

Bu yoʼlda bankimiz jamoasi ham oʼzaro hamjihatlikda xalqimizni rozi qilish yoʼlida aholi va mijozlarga xizmat koʼrsatishda har tomonlama qulay boʼlgan innovatsion, interaktiv xizmatlar koʼlamini oshirish va sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishda faollik koʼrsatmoqda.

Bankimiz tomonidan keyingi yillarda Xalqaro moliya institutlari bilan ham oʼzaro manfaatli doʼstona aloqalarni kengaytirish borasida sezilarli ishlar qilindi. Bu tashabbuslar bundan keyin ham izchillik bilan davom etiriladi.

Shu fursatdan foydalanib, qadrli bank mijozlariga hamda hozirgi murakkab vaziyatda bemorlarimiz sogʼligʼi yoʼlida fidoyilik koʼrsatayotgan shifokorlarimizga va barcha soha vakillari qatori, iqtisodiyotimizni har tomonlama qoʼllab-quvvatlashda kamarbasta boʼlayotgan tabdirkorlarimizga, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga boʼlgan talabini qondirish yoʼlida mehnat qilayotgan mirishkor fermer va dehqonlarimizga eng ezgu tilaklarni bildirishdan mamnunman.

Аziz yurtdoshlar!
Qadrli bankimiz mijozlari!

Sizlarni Oʼzbekiston davlat mustaqilligining yigirma toʼqqiz yillik bayrami bilan yana bir bor chin dildan tabriklayman.

Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, yangidan-yangi ulkan zafarlar tilayman.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy boʼlsin!

"Аgrobank" АTB Boshqaruvi raisi Rustam Mamatqulov

Agrobank Agrobank mamlakatimizning barcha hududlarida o’zining muassasalariga ega bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta vilojat boshqarmasi, 170 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari , 289 ta xalqaro pul o'tkazmalari shoxobchalari, 215 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda.
Manba: Agrobank
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank qo‘llab-quvvatlash xizmatining yangilangan Telegram-chatini ishga tushirdi
Uzum Bank qo‘llab-quvvatlash xizmatining yangilangan Telegram-chatini ishga tushirdi

Kapitalbank xalqaro ekspertlar ishtirokida O‘zbekiston HRD hamjamiyatining yig‘ilishini tashkil etdi
Kapitalbank xalqaro ekspertlar ishtirokida O‘zbekiston HRD hamjamiyatining yig‘ilishini tashkil etdi

Moody’s xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank” reytingini tasdiqladi
Moody’s xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank” reytingini tasdiqladi



Orphus tizimi