O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi faoliyatini yanada takomillashtirish, jismoniy va yuridik shaxslar uchun davlat organlariga murojaat qilishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, 2018 yil 1 fevraldan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasi axborot tizimining yangi talqini ishga tushirildi.
Shu munosabat bilan davlat organlarida murojaatlar bilan ishlash samaradorligi va shaffofligini oshirish, davlat organlariga kelib tushayotgan barcha murojaatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yagona tizim doirasida birlashtirishni ta’minlash maqsadida “Qishloqqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki rasmiy veb-saytidagi Boshqaruv Raisining virtual qabulxonasi 2018 yil 21 fevraldan o‘z faoliyatini to‘xtatishini hamda “Qishloqqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankiga murojaatlar pm.gov.uz manzilidagi veb-sayt orqali yuborilishi mumkinligini ma’lum qilamiz.
Bank axborot xizmati
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
Bank Boshqaruvi raisining virtual qabulxonasi yopilmoqda