Bank hududiy filiallari xodimlariga o`quv-mashg`uloti o`tkazildi

16.02.2021
16.02.2021     Bugungi kunda bank boshqaruvi tomonidan quyi boʼgʼin xodimlarini kasbiy bilim va malakasini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.   Jumladan, mijozlarga zamonaviy standartlar asosida xizmat koʼrsatish boʼyicha xodimlarning bilim va koʼnikmalarini oshirishga qaratilgan oʼquv amaliy trening mashgʼulotlari muntazam oʼtkazib borilmoqda.     Navbatdagi “Mijozlarga xizmat koʼrsatish” mavzusidagi oʼquv amaliy-trening mashgʼulotlari bankning Qaroqalpogʼiston, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlaridagi hududiy filiallarida mijozlarga bevosita xizmat koʼrsatadigan xodimlar uchun an’anaviy usulda tashkil etildi.       Mashgʼulot davomida mijozlarga sifatli va tezkor xizmat koʼrsatishning nazariy va amaliy jihatlari interaktiv usulda batafsil tushuntirildi. Bank Axborot xizmati  
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

23.04.2026

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.



Orphus tizimi