JET: O'zbekistonda eng manfaatli kredit kartasini qaysi bank taklif qiladi? Batafsil

Bank kartasi nima?

17.07.2020

Bank kartasi – mahsulotlar va xizmatlar uchun naqd pulsiz shaklda haq to'lash, pulni saqlash va olib yurish, hamda zarur hollarda esa naqd pul yechish uchun zamonaviy qulay to'lov vositasidir. Bank kartasi orqali do'konda xaridlar, hattoki internetda har qanday mahsulotlar, samolyot yoki poyezd chiptalari uchun to'lovlarni amalga oshirish mumkin.

Kartalarni kim chiqaradi?

Odatda, kartalar banklar tomonidan chiqariladi. Bunda bank-emitent kartaning egasi oldida kartaga xizmat ko'rsatish bo'yicha majburiyatlarga ega bo'ladi.

Nima uchun kartalarni ishlatish foydali va qulay?

  1. Hisobvaraqni boshqarish. Karta egasi hisob raqamidan haftaning istagan kuni yoki vaqtida pul mablag'larini yechib olishi mumkin.
  2. Xavfsizlik. Karta naqd pulning deyarli o'rnini egallaydi va naqd pulni katta miqdorda o'zi bilan olib yurishga xojat qolmaydi. O'z navbatida, pulni yo'qotish xavfi ham kamayadi.
  3. Qulaylik. Kartaning bu afzalligi, ayniqsa, chet elda karta egasining hayotini osonlashtiradi. Katta miqdorda valyuta olib yurishning hojati bo'lmaydi, chunki barcha xarajatlarni karta bilan to'lash mumkin. Bundan tashqari, bankomatlar yordamida hisobingizdan naqd pulni yechib olish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Bugungi kunda 200 dan ortiq mamlakat to'lov operatsiyalarida bank kartalaridan foydalanmoqda.
  4. Internet orqali xizmatlar uchun to'lovlar/xaridlar. Internet orqali biznes jadal rivojlanmoqda. Har yili onlayn-do'konlar soni ko'paymoqda hamda bank kartalarini to'lov sifatida qabul qiluvchi boshqa xizmat turlari soni oshmoqda.
Muayyan faoliyat uchun mo'ljallangan turli xil bank kartalari mavjud.
06

Debet bank kartasi – bankdagi joriy hisob raqamingizga ulangan bank kartasi. Bu karta mahsulotlar va xizmatlar uchun naqd pulsiz to'lovlar, bankomat orqali naqd pulni yechib olish va pul o'tkazmalarini amalga oshirish uchun ishlatish mumkin. Debet kartasiga ish haqi, pensiya, stipendiya, ijtimoiy nafaqalar, depozit bo'yicha foizlar kabi mablag'lar o'tkazilishi mumkin. Bugungi kunga kelib aynan bu turdagi kartalar juda mashhur hisoblanadi.

Kredit bank kartasi – bu kredit shartnomada belgilangan chegara doirasida bank mablag'lari hisobidan to'lov operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beruvchi bank kartasidir.

Xalqaro kartalar – xalqaro to'lov tizimlarida qo'llaniladigan kartalar. Viza va MasterCard kabi to'lov tizimlari.

Korporativ bank kartalari – xodimlarga tashkilot manfaatlari yo'lida xaridlarni amalga oshirish va to'lov hujjatlarni to'lash imkonini beruvchi bank kartasi.

Karta vositasida amalga oshirilgan operatsiyalarning ishonchliligi qanday ta'minlanadi?

08Kartaning oldi tarafida egasining nomi, kartaning raqami, amal qilish muddati, kartani bergan bank nomi va to'lov tizimining logotipi ko'rsatilgan. Teskari tomonida esa karta egasining imzosi va magnit tasmasi mavjud. Ushbu tasma karta haqidagi elektron ma'lumotlarni saqlaydi. So'nggi yillarda kartaga o'rnatilgan chip ma'lumot tashuvchi sifatida keng ishlatilmoqda.

Agar Siz kartani yo'qotsangiz uning amal qilish muddatini to'xtatish uchun darhol kartani bergan bankka murojaat qilishingiz kerak. Shunda, yo'qotilgan karta orqali amalga oshiriladigan har qanday operatsiyalar bloklanadi va hech kim pulingizni ishlata olmaydi. Bir necha kun ichida bank kartani qayta chiqarib beradi.

07

Karta orqali o'tkazilgan operatsiyalarni kuzatish uchun SMS-xabarnoma funksiyasini yoqish tavsiya etiladi. Bank kartangizga mablag'lar kelib tushganda yoki ularni sarflaganingizda bankingizdan SMS keladi. Agar Siz bajarmagan chiqim operatsiyalarini ko'rsangiz, kartani tezda bloklashingiz mumkin.

Bank kartasi yordamida mobil ilovalar orqali barcha bank xizmatlaridan foydalanish mumkin (qo'shimcha ma'lumotni Mobil banking maqolasida ko'rsangiz bo'ladi).

Manba: finlit.uz
O'xshash yangiliklar
Push30 sizga yangi yilni yorqin taassurotlar bilan boshlash imkoniyatini tuhfa qiladi!

14.11.2024

Push30 sizga yangi yilni yorqin taassurotlar bilan boshlash imkoniyatini tuhfa qiladi!

Ozon Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirmoqda. Bu esa shuni anglatadiki, hech narsa sotmaydigan va ishlab chiqarmaydigan odamlar ham oʻz muvaffaqiyatli biznesini boshlashi mumkin.

07.11.2024

Ozon Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirmoqda. Bu esa shuni anglatadiki, hech narsa sotmaydigan va ishlab chiqarmaydigan odamlar ham oʻz muvaffaqiyatli biznesini boshlashi mumkin.

Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

30.10.2024

Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi



Orphus tizimi