Bank kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

05.09.2019
Bank kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi2019-yilning 28-avgust kuni O‘zsanoatqurilishbank Bosh ofisida Bank Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Prezidentimizning 2018-yil 21-dekabrdagi “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, faoliyati samaradorligini oshirish va kredit siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarga muvofiq, joriy yilda O‘zsanoatqurilishbank Kengashi a’zolarining tarkibi tubdan yangilandi. Yig‘ilishda yangidan tasdiqlangan Bank Kengashining vakolatiga kiruvchi qator masalalar muhokama etildi. Jumladan, Bank Kengashi hamda uning qoshida faoliyat yurituvchi qo‘mitalar yillik rejasi, shuningdek “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning Korporativ boshqaruv tizimini 2019-2020-yillarda rivojlantirish rejasi hamda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korporativ maslahatchisi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi. Qator ichki me’yoriy hujjatlarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Korporativ boshqaruv tizimining xalqaro standartlariga ko‘ra, Kengash qoshida uchta yangi qo‘mita tashkil etishga doir qaror qabul qilindi. Yig‘ilish doirasida Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) maslahatchisi tomonidan “O‘zsanoatqurilishbank kuzatuv kengashining faoliyatini samarali tashkil etish” mavzuida seminar-trening ham o‘tkazildi. Unda Bank Kengashi faoliyatini bosqichma-bosqich takomillashtirish rejasi taqdim qilindi. Korporativ maslahatchi
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.

QQS to'lovchining ro'yxatdan o'tish kodi:   326030011774

MFO: 00440    
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi