Bank kredit toʼlash muddatiga taʼtil bergan, summasiga emas.

12.10.2020
12.10.2020 Kuni kecha ASL_JAMIYAT telegram kanalida Chortoq tumanidagi 34 umumiy oʼrta taʼlim maktabida oʼqituvchi boʼlib ishlaydigan fuqaro Tojiboeva Matluba tomonidan kreditga toʼlagan 2 mln pullarini bankning Farxod ismli xodimi tomonidan oylarga boʼlib yuborilganligi, kreditni toʼlash uchun boshqa grafik tayyorlagani, bundan fuqaroning xabari boʼlmagani tanqid ostiga olingan. Karantin sabab bankimiz tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning kreditlariga besh oylik (aprelь-sentabrь) taʼtil berilgan edi. Shu besh oy davomida kreditini toʼlashga imkoniyati yetmaganlar toʼlamadi. Biroq bu degani besh oyga umuman foiz ham, kredit ham toʼlanmaydi degani yemas.  Аgar kredit toʼlovini toʼlash imkoniyatingiz boʼlmasa, toʼlanmagan kreditlar uchun amaldagi kredit shartnomasiga binoan bank tomonidan yangi grafik tuziladi. Bank kredit toʼlash muddatiga taʼtil bergan, summasiga emas. Faqatgina bir narsani unutmaslik kerak, besh oy kredit toʼlanmaganlik uchun bank tomonidan hech qanday ortiqcha penya hisoblanilmaydi. Masalan, fuqaroning kredit toʼlov grafigi boʼyicha olgan krediti shu yilning dekabrь oyida tugaydi. Аmmo pandemiya sabab aprelь-sentabrь oylarida toʼlanmagan kredit sababli kredit summasi koʼpayadi.  Yaʼni fuqaro endilikda 2021 yilning yanvarь-may oylarida ham kredit toʼlovini amalga oshiradi.
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi