Aksiyadorlik tijorat Xalq banki Kuzatuv kengashining mustaqil a’zolari — Xalqaro rivojlantirish va investitsion bank bo‘yicha mutaxassis — mustaqil a’zo Nasim Kayzer hamda Moskvadagi “UK Business Centre” ijrochi direktori, Rossiya — Britaniya Savdo palatasi Kuzatuv kengashi a’zosi — mustaqil a’zo Styuard Louson shu kunlarda bank faoliyati bilan tanishmoqdalar.
Xorijlik ekspertlar tashrif avvalida Xalq banki tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli transformasiya jarayonlari, bank departamentlari va boshqa tuzilmalari rahbarlari, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Shundan so‘ng ikki mehmon Kuzatuv kengashi boshqa a’zolari bilan “ZOOM” dasturi orqali kun tartibidagi masalalar yuzasidan kelishib oldi.
Ertaga Kengashning navbatdagi majlisi rejalashtirilgan.
Bank Axborot xizmati
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
Bank Kuzatuv kengashi a’zolari transformasiya jarayonlari bilan tanishdi