JET: Qaysi banklar rasmiy daromadsiz eng past foizli mikroqarzlar taqdim etadi? Batafsil

Bаnk mijozi hаqidаgi mа’lumot boshqа shаxslаrgа berilmаydi

17.06.2021
      Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalayotgan “Mikrokreditbank” АTB Sirdaryo viloyati mintaqaviy filiali xodimi hamda bank mijozi oʼrtasida boʼlgan nizoli holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.
         Joriy yilning 11 iyun kuni “Mikrokreditbank” АTB Sirdaryo viloyati mintaqaviy filiali binosiga shu yerlik fuqaro (S.T) kelib, bank xodimi Ilhom Sharipovdan oʼzga kishining nomiga kredit ajratishni talab qilishi natijasida kelib chiqqan.
      Oʼz navbatida bank xodimi mazkur harakat amaldagi qonunlarga hamda bank tartibiga zid ekanligini bir necha bor tushuntirishiga harakat qilgan. Biroq fuqaro (S.T) bank xodimini mijozlar orasida haqoratlagan hamda foydalanayotgan xizmat kompyuteri (LENOVA rusumli monoblok)ni urib, yaroqsiz holatga keltirgan.
      Ushbu holat boʼyicha bank binosiga oʼrnatilgan kuzatuv kameralariga yozib olingan video tasvir va xolislar ishtirokida tuzilgan dalolatnoma Guliston shahar Ichki ishlar boʼlimiga taqdim qilingan. 
      Mazkur holat yuzasidan fuqaro (S.T)ga nisbatan 2021 yil 11 iyun kuni maʼmuriy bayonnoma rasmiylatirilib, toʼplangan hujjatlar Oʼzbekiston Republikasi MJtKning 183-moddasi bilan tegishliligi boʼyicha Jinoiy ishlar boʼyicha Guliston shahar sudiga yuborilgan.
       Maʼlum qilamizki, bank xodimlari Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Banklar va bank faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonuni hamda bank nizomida belgilangan tartib asosida faoliyat yuritadi. Shuningdek, amaldagi tartibda bank xodimlari mijozlar haqidagi har qanday maʼlumotni oʼzga shaxsga berishi taʼqiqlanadi.
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Uznetix Invest - investitsiya orqali pul ishlash haqida kurs

05.11.2025

Uznetix Invest - investitsiya orqali pul ishlash haqida kurs

Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?

17.10.2025

Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?

Octobank — TAF!25 versiyasi bo‘yicha onlayn biznes uchun raqamli yechimlarni yaratish yetakchisi

13.10.2025

Octobank — TAF!25 versiyasi bo‘yicha onlayn biznes uchun raqamli yechimlarni yaratish yetakchisi



Orphus tizimi