JET: So'm yoki dollar omonatlari: O'zbekistonda qaysi biri foydaliroq? Batafsil

Bank-moliya tizimi takomillashadi

26.01.2017


O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasida Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank mutaxassislari, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Moliya instituti, Soliq akademiyasi olimlari, professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodim-izlanuvchilar, tinglovchilar ishtirokida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi "Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak" nomli ma’ruzasi chuqur o‘rganildi hamda istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi loyihasi hozirga qadar yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyat rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, hayotning barcha sohalarini liberallashtirish maqsadida ishlab chiqilgani ta’kidlandi. Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, yangi turdagi sug‘urta xizmatlari, xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanish masalalarida taqdimotlar o‘tkazildi.

Mamlakat bank tizimini isloh qilish, erkinlashtirish va barqarorligini oshirish davlatimiz siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bank tizimini isloh qilish borasidagi dasturlarda ularning barqarorligini ta’minlash, qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilish, faoliyatini xalqaro standartlarga muvofiq yanada takomillashtirish, ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar hajmini yanada kengaytirish hamda aholining ularga bo‘lgan ishonchini oshirish doimiy e’tiborda. Shu tufayli 2016-yilda mamlakatimiz iqtisodiyotiga 16,6 milliard dollar miqdorida yoki 2015-yilga nisbatan 9,6 foiz ko‘p investitsiya yo‘naltirildi. Umumiy qiymati 5,2 milliard dollar bo‘lgan 164 yirik investitsiya loyihasi amalga oshirildi.

Harakatlar strategiyasi loyihasida keltirilgan ayrim, xususan, belgilangan naqdsiz hisob-kitoblar hajmi va qamrovini oshirish borasidagi chora-tadbirlar ishtirokchilarning alohida e’tiboriga sabab bo‘ldi. Bunda aholiga muayyan vaqt davomida belgilangan limit doirasida bank mablag‘lari hisobidan tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi kredit kartalarini muomalaga kiritish, plastik kartalar orqali hisobraqamlarga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, to‘lov terminallaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi miqdorini ikki martaga qisqartirish, plastik kartadan mablag‘larni boshqa kartaga o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun tariflarni kamaytirish alohida qayd etildi.

Ilmiy-amaliy seminarda Harakatlar strategiyasi loyihasi xususida fikr va mulohazalar bildirildi. Bank-moliya sektorini rivojlantirish hisobiga makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash, iqtisodiyotning yuqori o‘sish sur’atlarini saqlab qolish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar berildi.

 

Manba: www.uza.uz


BRB
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

30.10.2024

Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar



Orphus tizimi