Bank of China bilan hamkorlik munosabatlari

11.05.2015

AT “Aloqabank” Xitoyning eng yirik banklaridan biri – Bank of China bilan vakillik munosabatlarini o’rnatdi. Bu mijozlarga xalqaro to’lovlarni amalga oshirishda qo’shimcha qulayliklarni yaratishga imkon beradi. Bank bundan keyin ham Xitoy banklari bilan hamkorlik munosabatlarini o’rnatish va ularni mustahkamlash bo’yicha muzokaralarni olib boradi.

Bank of China (BoC) to’g’risda qisqacha ma’lumot. Bankka 1912 yilda Ta Ching Government Bank bankini qayta tashkil yo’li bilan asos solingan bo’lib, Xitoyning eng qadimgi banklaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda Bank of China mamlakatning 5 ta eng yirik davlat banklari ro’yxatiga kiradi va aktivlari bo’yicha Industrial & Commercial Bank of China bankidan keyin ikkinchi o’rin egallaydi. Shu bilan birga bank dunyoning eng yirik 20 ta banklar ro’yxatiga ham kiradi. Bank Xitoyning o’ziida 13 mingdan ortiq bo’linmalariga ega bo’lib, 25 mamlakatda 550 dan ortiq vakolatxonalari mavjud. (BoCning rasmiy veb sayti)

Aloqabank Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 1994 yil 12 oktabrda O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi korxonalari hamda kichik va o’rta biznes subyektlarini iqtisodiy qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan.
Manba: Aloqabank
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi