Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi Batafsil

Bank omonatlari – qo‘shimcha daromad manbai

21.01.2020

2020 yil 21 yanvar kuni“ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan “Bank omonatlari – qo‘shimcha daromad manbai” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.Unda bank Boshqaruvi rahbariyati va tegishli tarkibiy tuzilmalar mas’ul xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va bankning bir guruh mijozlari ishtirok etishdi.

Tadbirda yig‘ilganlar bank faoliyatida omonatlar va omonatchilar bilan ishlash yo‘nalishida erishilayotgan natijalar, joriy qilinayotgan yangi xizmatlar va istiqboldagi rejalar bilan tanishtirildi.

IMG_0013.JPG

IMG_0037.JPG

ATB “Qishloq qurilish bank” Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Farhod G‘ofurov tomonidan bankning omonat siyosati mazmun-mohiyati va ahamiyati, bu borada mijozlar sonini oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlar va aholining iqtisodiy faolligi, turmush farovonligini oshirishda omonat xizmatidan foydalanishning afzalligi, qulayligi kabi masalalar bo‘yicha atroflicha ma’lumot berildi.

Bank omonatlari bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Jamoliddin Odilov va boshqalar tomonidan ta’kidlandiki, ATB “Qishloq qurilish bank” aholining bo‘sh turgan mablag‘laridan yanada samarali foydalanishlari uchun omonatlarga doir bank xizmatlarini muntazam ravishda takomillashtirib bormoqda.

Bugungi kunda bankning 42 ta filiali, 33 ta minibank, 11 ta Bank xizmatlari ko‘rsatish markazlari, 201 ta shoxobchalar orqali 946 000 dan ortiqmijozlarga xizmat ko‘rsatilmoqda.

Qayd etildiki, aholining bo‘sh pul mablag‘larini bankdagi omonatlarga jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida 2019 yil yakunida jami omonatchilar soni 110 844 taga yetib, yil boshiga nisbatan 12 004 kishiga ortdi, omonatlardagi mablag‘larning (balans bo‘yicha) qoldig‘i yil boshidagi 545,0 mlrd. so‘mdan yil yakunida 645,0 mlrd so‘mga yetdi yoki 100,0 mlrd. so‘mga ortishiga erishildi.

O‘tgan yil mobaynida bankdagi uzoq muddatli omonatlarning yil boshiga nisbatan 239,0 mlrd. so‘mga (yoki 2,7 barobarga) ortganligi bank moliyaviy sarmoyalarining hajmini va ularning amaliy samaralarini oshirmoqda.

IMG_0048.JPG

Matbuot anjumanida mijozlarga yaratilayotgan qulayliklar va tatbiq qilinayotgan zamonaviy xizmatlar haqida ham ma’lumot berildi.

ATB “Qishloq qurilish bank” tizimida jismoniy shaxslarning vaqtini tejash va omonatchilar bilan masofaviy munosabatlarni rivojlantirish maqsadida “Depozit banking” mobil dasturi joriy qilingan. Mazkur dastur bank omonatchilari – jismoniy shaxslarning o‘z depozit hisobraqamlaridagi mablag‘lari doirasida naqdsiz amaliyotlarni mijozlarning o‘zlari bank muassasalariga kelmasdan shaxsiy mobil telefonlari orqali bajarish va o‘z omonatlari bo‘yicha ma’lumot olish imkonini beradi. E’tiborlisi, mazkur operatsiyalarni amalga oshirishda “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida ishonchli xavfsizlik bilan kafolatlanadi.

Shu bilan birga, bankda fuqarolarning omonatlarini himoyalashni yanada kuchaytirish, omonatlar bilan bog‘liq operatsiyalarni mijozlarning ishtirokisiz amalga oshirilmasligini qa’tiy nazoratga olish maqsadida, shaxsning barmoq izlari namunasidan foydalanish “Biometrik identifikatsiyalashtizimi ham amalga kiritilgan.

“Biometrik identifikatsiyalash” bugungi kunda eng ishonchli usullardan biri hisoblanib, qator afzalliklarga ega. Xususan:

- omonat hisob varaqlaridagi mablag‘lar bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni omonat egasi bo‘lgan mijozning bevosita ishtirokisiz amalga oshirish imkoni bo‘lmaydi;

- omonat mablag‘lariga nisbatan bank xodimlarining daxlsizligi ta’minlanadi.

IMG_0085.JPG

Tadbirda bank mas’ul xodimlari 2020 yil davomida ko‘zda tutilayotgan rejalar haqida ham axborot berdilar. Jumladan, joriy yilda omonat daftarchalari o‘rnida bank depozit kartasini joriy qilish kabi loyihalar rejalashtirilgan. Bu orqali omonatga mablag‘ qabul qilish bilan bog‘liq xizmat ko‘rsatish vaqtini ikki baravarga qisqartirishga erishiladi.

Shuningdek, “Yangi maqsad”, “Maqsad sari”va “Ipotekaga boshlang‘ich badal”omonat turlari joriy qilinishi ko‘zda tutilmoqda.

Matbuot anjumanida ishtirok etgan jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil ma’lumot oldilar.

BRB
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi

24.10.2024

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi



Orphus tizimi