JET: Qaysi banklarda kartani bepul olish mumkin? Batafsil

BANK PLASTIK KARTOCHKALARIDAN FOYDALANUVCHILAR UCHUN IMKONIYATLAR KENGAYMOQDA.

12.04.2016


ATB “Qishloq qurilish bank” joriy yilning mart oyidan boshlab bank plastik kartochkalaridan foydalanuvchilar uchun yana bir yangi xizmatni yo‘lga qo‘ydi. Endilikda ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan  kreditlarni va ularga hisoblangan foiz to‘lovlarini 24/7 rejimida plastik kartochkalardan infokiosklar orqali amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Bu bank mijozlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning vaqtlarini bir muncha tejash bilan birgalikda to‘lovlarni qulay va oson shaklda amalga oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari, to‘lovlar Respublikada amalda bo‘lgan barcha turdagi bank plastik kartochkalar orqali qabul qilinadi.

2016 yilning birinchi choragi davomida bank tomonidan qo‘shimcha 4 dona bankomat va 35 dona infokiosklar joylashtirilgan bo‘lsa, ularning umumiy soni 66 taga etdi. Bundan tashqari, ayni kunlarda 30 dona infokiosklarni joylashtirish ishlari yakunlanmoqda.

Joriy yil yakuniga qadar infokiosklar tarmog‘ini yanada kengaytirish rejalashtirilgan hamda bu yo‘nalishda yangi bank xizmatlarini joriy etish ustida ish olib borilmoqda.

   

BRB
O'xshash yangiliklar
So‘m o‘z pozitsiyalarini boy berdi, ammo bu uzoq davom etmaydi

01.02.2026

So‘m o‘z pozitsiyalarini boy berdi, ammo bu uzoq davom etmaydi

O‘zbekiston Markaziy banki va Kapitalbank nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moliyaviy inklyuziya forumini o‘tkazdi

28.01.2026

O‘zbekiston Markaziy banki va Kapitalbank nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moliyaviy inklyuziya forumini o‘tkazdi

Har qanday vaziyatga chidamli portfel: nima uchun mablag‘larni turli aktivlarga taqsimlash kerak va buni qanday to‘g‘ri bajarish lozim?

23.01.2026

Har qanday vaziyatga chidamli portfel: nima uchun mablag‘larni turli aktivlarga taqsimlash kerak va buni qanday to‘g‘ri bajarish lozim?



Orphus tizimi