Shu kunlarda, ATB "Qishloq qurilish bank"ning "DUET" plastik kartochkalaridan foydalanuvchi mijozlari uchun "Click" tizimidan foydalangan holda "Mobil-banking" xizmati orqali tunu-kun turli to’lovlarni amalga oshirish imkoniyati yo’lga qo’yildi. Ayni paytda ushbu xizmat turini yanada takomillashtirish va bu tizim orqali to’lovlar turini kengaytirish ustida ish olib borilmoqda.
Ma'lumki, ATB "Qishloq qurilish bank" "UzKART" to’lov tizimining to’laqonli a'zosi sifatida o’z mijozlariga turli bank xizmatlarini ko’rsatmoqda. Bank tomonidan joylashtirilgan terminalarning soni 2014 yil 1 oktyabr holatiga 6705 dona, muomalaga chiqarilgan so’m plastik kartochkalari soni esa 351 699 tani tashkil etmoqda. Ta'kidlash joizki, ushbu kartochkalarning 151 000 tasi bugungi kunda ko’pgina qulayliklarni taqdim etayotgan "on-line" Smart-vista plastik kartochkalaridan iboratdir. 2014 yilning o’tgan davri mobaynida bank tomonidan 50 000 dan ortiq plastik kartochkalar muomalaga chiqarilishi bilan birga, 1200 ta terminallar o’rnatildi.
Bank tomonidan joylashtirilgan terminallar orqali joriy yilning 9 oyi mobaynida o’tkazilgan tranzaksiyalar summasi 815,1 mlrd. so’mni tashkil etgan bo’lsa, plastik kartochkalar hisobvaraqlariga 521,0 mlrd. so’mdan ortiq mablag’lar kirim qilingan. Joriy yil so’ngiga qadar terminallar tarmog’ini kengaytirish maqsadida 2000 dona mobil terminallar joylashtirish rejalashtirilgan.
Bugungi kunda ATB "Qishloq qurilish bank" plastik kartochkalar orqali xizmat ko’rsatish sifatini oshirish, ulardan foydalanishda qulay shart-sharoitlar yaratish ustida doimiy ish olib bormoqda. Bunda asosiy e'tibor, plastik kartochkalari orqali zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda yangi bank xizmatlarini joriy etishga qaratilgan.
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
Bank plastik kartochkasidan foydalanuvchilar uchun yana bir qulaylik!