Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi Batafsil

Bank sarmoyalarining amaliy samaralari

01.05.2019

2019 yil 1 may kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan investitsiyalar faol jalb qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda ommaviy axborot vositalari vakillariga bankning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashdagi ishtiroki, bu yo‘nalishda erishilayotgan natijalar va galdagi vazifalar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Qayd etildiki, bank aholi farovonligini va bandligini ta’minlashda muhim o‘rin tutayotgan xususiy sektorni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratmoqda va bu maqsadlarda ajratilayotgan kreditlar aholini tadbirkorlikka jalb qilish, qishloq infratuzilmasini rivojlantirish, kichik biznes sub’ektlarining biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hisobiga yangi ish o‘rinlari yaratish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda.

ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan 2019 yil 1 choragi davomida kichik biznes sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab‑quvvatlash maqsadida 330,7 mlrd. so‘mdan ortiq kreditlar ajratildi.

IMG_6682.jpg

Bank filiallari tomonidan 2019 yil 3 oyi mobaynida aholining faol qismiga o‘z biznesini tashkil etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida ajratilgan mikrokreditlar miqdori 69,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida ayollarning to‘laqonli ishtirokini ta’minlash, tadbirkor ayollarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ajratilgan kreditlar miqdori 12,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.Xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun ajratilgan kreditlar 68,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan 6589ta fuqaroga jami 150,3 mlrd. so‘m miqdorida imtiyozli mikrokreditlar ajratildi.

2018 yil 4-choragidavomida 3673,9 mln.so‘m miqdorida overdraft, mikroqarz va iste’mol kreditlar ajratilgan bo‘lsa, 2019 yil 1-choragida 11178,7 mln.so‘m miqdorida kreditlar ajratildi.

IMG_6690.jpg

Joriy yilning 1 choragi davomida bank filiallari tomonidan jismoniy shaxslarga 299 ta jami 27,2 mlrd.so‘mlik avtokreditlar ajratildi.

Bundan tashqari aholini yashash sharoitini yaxshilash maqsadida 2019 yil 3 oyi mobaynida 3 779 ta fuqaroga 38,5 mlrd.so‘mdan ortiq iste’mol kreditlari ajratildi.

Tadbirda kichik biznes sub’ektlarini moliyalashtirish yo‘nalishida xorijiy moliya institutlari mablag‘lari hisobidan ajratilayotgan kreditlar haqida ham ma’lumot berildi.

Xususan, Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining chorvachilik va meva-sabzavotchilik yo‘nalishidagi jami 34,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi kredit liniyalari to‘liq o‘zlashtirilishiga erishildi.

Xitoyning Eksport-import banki tomonidan ajratilgan 20,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar istiqbolli loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirildi.

Bank mijozlarining qisqa muddatli kreditlarga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida Rossiyaning AK-BARS bankining savdoni moliyalashtirish yo‘nalishidagi 2,3 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘laridan foydalanildi.

Matbuot anjumanida ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan istiqbolli loyihalar, joriy qilinishi ko‘zda tutilayotgan yangi xizmatlar, bank faoliyatining kelgusidagi asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi va jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Bank axborot xizmati

 

BRB
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi

24.10.2024

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi



Orphus tizimi