Bank siriga nigoh tashlaymiz

17.06.2020

Hozirgi raqamli texnologiyalar rivojlangan asrda har bir ma'lumot qimmatli hisoblanadi. Bankdagi sizning ma'lumotingiz ham qimmatli ma'lumotlardandir.

Istemolchiga tegishli quyidagi ma'lumotlar bank tomonidan sir saqlanadi:

  • bankda mijoz tomonidan bajarilgan operatsiyalar;
  • hisobvaraqalar va omonatlarga tegishli ma'lumotlar;
  • bank xizmati ko‘rsatilishi munosabati bilan mijoz haqida olingan ma'lumotlar;
  • mijozning bank seyflari va binolarida saqlab turilgan mol-mulki, uning xususiyati va qiymati haqidagi ma'lumotlar;
  • mijoz topshirig‘iga binoan yoki uning foydasini ko‘zlab amalga oshirilgan banklararo operatsiyalar;
  • pensiya badallarining miqdori va summalarining harakati;
  • fuqaroning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob varag‘idagi pensiya jamg‘armasi to‘g‘risidagi ma'lumotlar.
Yuqoridagi keltirilgan ma'lumotlar bank siri hisoblanib, ular O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri” to‘g‘risidagi Qonunida belgilab qo‘yilgan.

Bundan tashqari bank xodimining mehnat shartnomasi tugagan taqdirda ham u o‘zi bilgan bank siriga taaluqli bo‘lgan ma'lumotlarni oshkor qila olmaydi, bunday holatlar mehnat shartnomasida ko’zda tutilishi mumkin.

Shuningdek, bank, uning mijozi (vakili) va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan tashqari boshqa barcha shaxslar uchinchi shaxslar hisoblanib, ularga yuqorida keltirilgan bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlar oshkor etilmaydi.

Biroq, yuqorida keltirilgan ma'lumotlar zarur deb topilganda qonun bilan belgilab qo‘yilgan ayrim davlat idoralariga taqdim etiladi. Ularga quyidagilar kiradi: prokuratura, tergov va surishtiruv organlari, davlat soliq xizmati organlariga va boshqa “Bank siri” to‘g‘risidagi qonunda belgilangan vakolatli organlar.

Manba: finlit.uz
O'xshash yangiliklar
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

23.04.2026

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.



Orphus tizimi