Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi Batafsil

Bank tizimi: Quvonarli ko‘rsatkichlar, mas’uliyatli vazifalar

20.01.2015


O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining navbatdagi kengaytirilgan Boshqaruv majlisi bank tizimining 2014 yildagi faoliyati yakunlari va 2015 yilning 16 yanvarida Hukumat majlisida mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov tomonidan belgilab berilgan 2015 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo'nalishlari va ustuvor vazifalari ijrosini ta'minlashga bag'ishlandi.

Majlisni Markaziy bank raisi Fayzulla Mullajonov boshqardi.

Markaziy bankning hisobot yilidagi pul-kredit siyosati mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2014 yilga mo'ljallangan makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning bajarilishiga, davlatimiz rahbarining bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish, yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga erishish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan farmon va qarorlarida belgilangan vazifalarning ijrosini ta'minlashga qaratilgani qayd etildi.

Hisobot yilida mamlakatimiz bank tizimining kapitallashuv darajasini oshirish, uning likvidliligini yanada mustahkamlash, barqarorligini kuchaytirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Bank tizimi faoliyatining o'tgan yilgi ko'rsatkichlari nafaqat xalqaro umumqabul qilingan me'yorlarga javob beradi, balki ayrim yo'nalishlar bo'yicha undan ham yuqori darajalarga erishildi.

Xususan, bugungi kunda bank tizimi kapitalining etarlilik darajasi 24,8 foizni tashkil etib, u xalqaro bank nazorati bo'yicha Bazel qo'mitasi tomonidan 8 foiz etib belgilangan talabdan 3 barobar yuqori bo'ldi. 2015 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra, banklarning umumiy kapitali 6,9 trln. so'mdan oshib ketdi. Bank tizimining joriy likvidlik darajasi bir necha yildan buyon 64 foizdan yuqori bo'lib, bu jahon amaliyotida umumqabul qilingan minimal ko'rsatkichdan 2 barobar ortiqdir.

Bank aktivlari 2013 yilga nisbatan 28,2 foizga o'sib, bugungi kunda 56,2 trln. so'mdan oshdi. Samarali bank nazoratining xalqaro standartlar asosida amalga oshirilishi, bank likvidligi va aktivlari sifati ustidan doimiy monitoring olib borilishi mamlakatimizning barcha tijorat banklariga etakchi xalqaro reyting agentliklari – “Fitch Ratings”, “Moody’s” va “Standart & Poor’s’dan taqdim etilgan “barqaror” ijobiy reyting baholarini yangilash imkonini berdi. “Moody’s” xalqaro reyting agentligi esa O'zbekiston bank tizimining rivojlanish istiqbollarini ketma-ket beshinchi yil “barqaror” deb e'lon qildi.

Bank tizimi faoliyatining asosiy indikatorlari, xususan, «banklarning umumiy kapitali etarliligi», «tijorat banklarining likvidligi», «depozitlar hajmining dinamikasi», «kredit qo'yilmalari hajmining o'zgarishi» 2014 yil yakunlari bo'yicha yuqori baholarga mos bo'ldi.

Banklar tomonidan 2014 yil uchun ustuvor vazifa qilib belgilangan sanoatda yuqori texnologiyali va zamonaviy bo'lgan eng muhim ob'ektlar hamda quvvatlarni ishga tushirish, mamlakatda ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan yangilash va modernizatsiyalashga qaratilgan keng ko'lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Xususan, hisobot yilida iqtisodiyotning real sektoriga yo'naltirilgan kreditlarning umumiy hajmi 2013 yilga nisbatan 31,2 foiz ko'payib, 2015 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra, 34,8 trln. so'mdan ortdi. Banklarning investitsiya maqsadlariga ajratilgan investitsion kreditlari miqdori ham 2013 yilga nisbatan 1,2 barobar ziyodga oshib, 2015 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra, 8,5 trln. so'mni tashkil qildi.

Bank tizimi tomonidan kichik biznesni rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish borasida keng ko'lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Natijada soha subektlariga ajratilgan kreditlar hajmi 2013 yilga nisbatan 1,3 barobar ko'payib, 2015 yilning 1 yanvar holatiga 9,2 trln. so'mdan ortiq bo'ldi. Jumladan, mikrokreditlar hajmi 1,9 trln. so'mdan oshib, bu ko'rsatkich ham 2013 yilga nisbatan 1,4 barobar o'sishi ta'minlandi.

Tijorat banklari tomonidan ayollarning tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan kreditlar miqdori 2013 yilga nisbatan 1,4 barobar oshishi ta'minlandi va 960,2 mlrd. so'mdan oshiq bo'ldi. Shuningdek, banklar yoshlarni, ayniqsa kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, ularning biznes loyihalarini moliyaviy qo'llab-quvvatlashga ham jiddiy e'tibor berib kelmoqda.

Xususan, 2014 yilda mazkur yo'nalishga 200,9 mlrd. so'm miqdorida kreditlar ajratilib, mazkur ko'rsatkich ham 2013 yilga nisbatan qariyb 1,4 barobar o'sdi.

Mamlakatimiz banklarining barqaror holati, bank tizimiga bo'lgan ishonchning yildan-yilga oshishi hamda aholi real daromadlarining o'sib borishi aholi va xo'jalik yurituvchi sub'ektlarining bo'sh pul mablag'larini omonatlarga jalb qilishning mustahkam asosi bo'lib qolmoqda.

Tijorat banklarining resurs bazasini ko'paytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar banklarning jami depozitlari hajmining yildan yilga oshib borishini ta'minlamoqda. Xususan, ushbu ko'rsatkich 2013 yilga nisbatan 30,5 foiz o'sib, 2015 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra, 28,5 trln. so'mni tashkil etdi.

Hisobot yilida moliyaviy xizmatlar tarkibida, bevosita bank xizmatlari ulushi 89 foizga etib, bu ko'rsatkich ham 2013 yilga nisbatan 1,3 barobardan ziyod oshdi. Bu - aholi hamda tadbirkorlik sub'ektlariga zamonaviy bank xizmatlari ko'rsatish sifati va ko'lamini kengaytirish borasida ko'rilayotgan maqsadli chora-tadbirlar samarasidir.

Respublikamizda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirishga ham alohida e'tibor berilmoqda. Hisobot yili yakunlariga bo'yicha muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar soni 13,4 mln. donadan oshib, savdo va xizmat ko'rsatish shaxobchalariga o'rnatilgan hisob-kitob terminallari soni 159 mingtaga etdi.

Shu bilan birga, majlisda banklar tomonidan mijozlarga zamonaviy bank xizmatlari ko'rsatish va aholining banklarga bo'lgan ishonchini yanada oshirish borasidagi mavjud ichki imkoniyatlardan to'liq foydalanmayotgan ayrim tijorat banklari faoliyati qattiq tanqid qilindi.

Shuningdek, majlisda mamlakatimiz Prezidenti tomonidan 2015 yil uchun belgilab berilgan eng muhim ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini ta'minlash, bank tizimining barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini izchil davom ettirish, tijorat banklarining faoliyatini xalqaro standartlar va printsiplarga muvofiq baholash, tartibga solish hamda nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish, xalqaro moliya institutlari bilan o'rnatilgan hamkorlikni yanada mustahkamlab borish, real sektor korxonalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash, bank xizmatlari turlarini yanada kengaytirish hamda sifatini yaxshilash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga jadal tadbiq etish borasida aniq vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, majlisda barcha banklar rahbarlari zimmasiga mamlakatimizda 2015 yilni - “Keksalarni e'zozlash yili” deb e'lon qilinishi munosabati bilan bu borada qabul qilinadigan Davlat dasturi hamda 2015 yilda ish o'rinlarini tashkil etish dasturida belgilangan vazifalarning to'liq bajarilishini ta'minlash vazifasi ham yuklatildi.

Majlisda muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan Markaziy bank Boshqaruvining tegishli qarorlari qabul qilindi.

 Manba: www.cbu.uz


BRB
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi

24.10.2024

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi



Orphus tizimi