Bank tizimi: rivojlanish tendentsiyalari va istiqbollari saqlanib qolmoqda

25.07.2014


Описание: http://www.cbu.uz/sites/default/files/2014/07/board_meeting.jpgRespublika Markaziy bankida bank tizimining 2014 yilning I yarim yilligidagi faoliyati yakunlari hamda mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov tomonidan Vazirlar Mahkamasining shu yil 17 yanvardagi majlisida belgilab berilgan 2014 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo'nalishlari va ustuvor vazifalari ijrosi hamda Vazirlar Mahkamasining shu yil 16 iyuldagi yig'ilishida bank tizimi oldiga qo'yilgan dolzarb vazifalarni amalga oshirishga bag'ishlangan kengaytirilgan Boshqaruv majlisi bo'lib o'tdi.

Qayd etildiki, hisobot davrida Markaziy bankning pul-kredit siyosati 2014 yil uchun mo'ljallangan makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning bajarilishiga, mamlakatimiz Prezidentining bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga erishishga qaratilgan farmon va qarorlarida belgilangan vazifalarning so'zsiz bajarilishini ta'minlashga qaratildi.

2014 yilning I yarim yilligida mamlakatimiz bank tizimining kapitallashuv darajasini oshirish, uning likvidligini yanada mustahkamlash, barqarorligini kuchaytirish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Natijada bank tizimida nafaqat xalqaro umumqabul qilingan me'yorlarga, balki ayrim yo'nalishlar bo'yicha undan ham yuqori ko'rsatkichlarga erishildi,-deya xabar bermoqda Markaziy bankning rasmiy veb sayti.

Shu bilan birga, shu kuni OATB “Qishloq qurilish bank”da 2014 yilning I yarim yilligidagi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan majlis bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda har bir filialning faoliyat natijasi hamda reja-prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi muhokama qilindi.  

Shuningdek, «Sog'lom bola yili» Davlat dasturida belgilangan vazifalarning og'ishmay bajarilishini ta'minlash, bankning barcha filiallarida biznesni rivojlantirish uchun yanada qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga kreditlar ajratish borasidagi ishlarni faol davom ettirish vazifalari ham yuklatildi.

Majlisda muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

BRB
O'xshash yangiliklar
Octobank 2026-yilning I-choragi natijalari: barqaror o‘sish va ijtimoiy tashabbuslarga e’tibor

16.04.2026

Octobank 2026-yilning I-choragi natijalari: barqaror o‘sish va ijtimoiy tashabbuslarga e’tibor

Tenge Bank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zoligiga qo‘shildi

13.04.2026

Tenge Bank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zoligiga qo‘shildi

Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi

07.04.2026

Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi



Orphus tizimi