Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi Batafsil

Bank tizimi salohiyati namoyish etilmoqda

12.04.2017

Bugun “Ko‘rgazma savdo markazi” majmuasida bank xizmatlari, uskunalari va texnologiyalari X yillik Bankexpo-2017 milliy ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ko‘rgazmaning asosiy tashkilotchisi bo‘lib, unga Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi, Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar hamda Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitalari, O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi hamda Axborot texnologiyalari assotsiatsiyasi hamkorlik qilmoqda.

Mazkur ko‘rgazma “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosi hamda kichik tadbirkorlik sub'yektlariga ko‘rsatilayotgan bank-moliya xizmatlarini targ‘ib etish va yaqindan tanishtirish borasida o‘tkazilayotgan muhim tadbirlardan biri hisoblanadi.

Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar bu yirik anjumanda mamlakatimiz bank-moliya tizimi yutuqlari va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari, yangi texnologiya va xizmatlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar.

Anjuman banklar tomonidan mijozlarni kreditlash shartlari, mexanizmlari va boshqa bank-moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish tartiblari, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan yaqindan tanishtirish, pirovardida mijozlarning banklarga bo‘lgan munosabatini shakllantirish, ishonchini mustahkamlash va kredit tashkilotlari faoliyati samaradorligini yaxshilashda beqiyos o‘rin tutadi.

Ko‘rgazmada tijorat banklari bilan bir safda nobank kredit tashkilotlari, yetakchi sug‘urta va lizing kompaniyalari, axborot texnologiyalari kompaniyalari ham o‘z mahsulotlari va xizmatlari to‘g‘risidagi ma'lumotlari bilan ishtirok etmoqda.

Shu bilan birga, ko‘rgazmada bugungi kunda kichik biznes sub'yektlari, xususan yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashda bank tizimi bilan hamkorlik qilib kelayotgan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti, “Hunarmand” uyushmasi va boshqa bir qator tashkilotlar ham qatnashmoqda.

Joriy yilda o‘tkazilayotgan ko‘rgazmaning asosiy yo‘nalishi “Xalqni tadbirkor qilish” shiori ostida, kichik va oilaviy biznes sub'yektlari, ishbilarmon ayollar, o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan ta'lim muassasalari bitiruvchilariga taklif etilayotgan bank xizmatlari yuzasidan kengroq ma'lumot va tavsiyalar berishga qaratilmoqda.

Ko‘rgazma dasturi keng qamrovli bo‘lib, unda tijorat banklari, vazirlik va idoralar hamda nufuzli oliy o‘quv yurtlarining professor o‘qituvchilari va mutaxassislari bilan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, imtiyoz va preferensiyalar, biznesning yangi trendlari bo‘yicha seminarlar, taqdimotlar, uchrashuvlar tashkil etiladi.

Tijorat banklari aholi, tadbirkor va yoshlarga ko‘rsatilayotgan yangi xizmatlar, xususan yangi kredit va depozit mahsulotlari, umuman o‘z faoliyati haqida hikoya qiluvchi taqdimot marosimlarini o‘tkazadilar. IT-kompaniyalari vakillari tomonidan mijozlarning hisobvaraqlarini masofadan turib boshqarish, bank marketingining yangi yo‘nalishi, ya'ni mijozlarni internet orqali jalb etishning zamonaviy usullari, mijozlar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni takomillashtirishning yangi usullarini joriy etish mavzularida seminarlar, davra suhbatlari uyushtiriladi.

Ma'lumki, so‘nggi yillarda mamlakatimiz banklari moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, ayniqsa ta'lim muassasalari bitiruvchilarini tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning ishbilarmonlik ko‘nikmalarini shakllantirish, biznes g‘oyalarini moliyaviy rag‘batlantirish va o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

Ta'lim muassasalari bitiruvchilarining bank-moliya tizimi yangiliklariga bo‘lgan qiziqishlari tobora kengayib borayotganini ularning ko‘rgazma doirasida o‘tkaziladigan barcha tadbirlarda faol ishtirok etishida ko‘rish mumkin.

Shu bilan birga, tijorat banklari tomonidan chekka va aholi zich joylashgan tumanlarda faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari, ishlab chiqarish mikrofirmalari, ishbilarmon ayollar, dehqon va fermer xo‘jaliklari, yosh tadbirkorlarning ish bilan bandlikni ta'minlash ko‘zda tutilgan loyihalari bo‘yicha e'lon qilingan tanlovlar g‘oliblariga imtiyozli kredit ajratish huquqini beruvchi 500 dan ortiq sertifikatlar topshirish marosimi o‘tkaziladi.

Ko‘rgazma davomida tadbirkorlik sub'yektlari vakillari, salohiyatli mijozlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar olishi, o‘zaro fikr va tajriba almashishi uchun barcha sharoit yaratiladi.

www.cbu.uz
BRB
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi

24.10.2024

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi



Orphus tizimi