Bank tizimidagi yangiliklardan xabardormisiz?

27.03.2018

Kartalardan xorijiy valyutani yechishning yangi mexanizmi...

Turistlar uchun kunu-tun rejimda ishlovchi avtomatlashtirilgan shoxobchalar...

Xorijiy valyutaning naqd shakldagi yechimi...

Prezidentimizning 2018 yil 23 martda qabul qilingan "Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori bilan xalqimiz manfaatiga xizmat qiladigan ko‘plab yangiliklar amaliyotga joriy etilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 1 aprelga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslar tomonidan xalqaro to‘lov kartalariga sotib olingan xorijiy valyutani tijorat banklari tomonidan belgilangan limitlar doirasida naqd shaklda yechib olish mexanizmini joriy etadi.

2018 yil 1 aprelga qadar tijorat banklari bilan birgalikda xorijiy valyutaning oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirish va xalqaro to‘lov kartalaridan pul mablag‘larini xorijiy va milliy valyutadagi muddatli omonatlarga o‘tkazishni ta’minlovchi jismoniy shaxslarning hisobvaraqlarini masofadan turib boshqarish tizimi joriy etiladi.

2018 yil 1 noyabrga qadar tijorat banklari bilan birgalikda turistlar ko‘proq boradigan joylarda kunu-tun rejimda ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari tashkil etiladi.

Manba: uza.uz

BRB
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi