Bank.uz 2021-yilda dollarning eng yaxshi kursini taklif qilgan banklarni aniqladi

27.12.2021
Bank.uz analitiklari 2021-yil davomida qaysi banklar eng yaxshi dollar kursini taklif qilganini o‘rganib chiqdi. Yil davomida Bank.uz moliyaviy portali o‘zining telegram-kanalida dollarning eng yuqori sotish va sotib olish kurslarini taklif qilgan Top-5 banklarni e’lon qilib bordi. Yil yakuniga koʻra dollarni sotish va sotib olish kurslari boʻyicha kunlik reytingda yetakchilik qilgan banklar, shuningdek, valyuta bozorida eng faol boʻlgan banklar aniqlandi.

Asia Alliance Bank yil davomida eng yaxshi kursni 114 marta taklif qildi. Jami 28 ta bank bu yil kamida bir marta kunning eng yaxshi xarid kursini taklif qildi. Kuchli beshlik quyidagicha:

1. Asia Alliance Bank
2. Kapitalbank
3. Trastbank
4. NBU
5. Sanoatqurilishbank

“Ipak yo‘li” banki o‘tgan yil davomida eng yaxshi dollar sotish kursini taklif qildi (62 marta). Yil davomida 32 ta bank kamida bir marta dollarni eng yuqori narxda sotgan. Dollar savdosi bozoridagi eng faol beshta bank quyidagilar:

1. Ipak yo‘li banki
2. Davr bank
3. Mikrokreditbank
4. Poytaxt bank
5. Infinbank

Umuman olganda, NBU banki dollarni sotish va sotib olish bo'yicha ikkala ro'yhatda ham tez-tez uchrab turgan eng faol banklardan biri bo'ldi.

Bu tahlillar 2021-yil 1-yanvardan 2021-yil 15-dekabrgacha eʼlon qilingan reytinglar asosida oʻtkazildi.

Manba : bank.uz 
O'xshash yangiliklar
Toshkentda oltinchi bor «Digital Uzbekistan» xalqaro PLUS-Forumi bo‘lib o‘tadi
Toshkentda oltinchi bor «Digital Uzbekistan» xalqaro PLUS-Forumi bo‘lib o‘tadi

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Orphus tizimi