JET: Qaysi bankda birlamchi bozor uchun eng kam foizli ipoteka kreditlari mavjud? Batafsil

Bank va Ma’rifat: Bilimli jamiyat bilan qudratli iqtisodiyot sari

07.10.2025

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Markaziy bank tashabbusi va banklar hamkorligida “Bank va Ma’rifat: Bilimli jamiyat bilan qudratli iqtisodiyot sari” nomli forum bo‘lib o‘tmoqda. 

Forum doirasidagi panel sessiyalarida nashriyotlar yangi loyihalarini taqdim etmoqda. Kutubxona hududida kitob stendlari tashkil etilgan bo‘lib, mehmonlar ular bilan yaqindan tanishish imkoniga ega.

Mazkur forumda Xalq banki ham o'z stendi bilan faol ishtirok etmoqda. Stenddan “Asaxiy Books” bilan hamkorlikdagi kitoblar o'rin olgan.

Xalq banki moliyaviy savodxonlik va kitobxonlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlab, “Asaxiy Books” bilan hamkorlikda iqtisodiyot va moliyaviy bilimlarni oshirishga oid kitoblarni o‘zbek tilida keng jamoatchilikka taqdim etib kelmoqda.

Kitobxonlikni targ‘ib etish jamiyatda ilmga qiziqishni oshiradi, yoshlarning tafakkurini boyitib, bilimli va tashabbuskor avlodni shakllantirishga xizmat qiladi.

Xalq Banki Xalq banki – O‘zbekistonning  birinchi banki bo'lib, moliya bozorida 1875-yil 10-maydan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bankning 300 ga yaqin xizmat ko'rsatish shoxobchalari, 3000 dan ortiq bankomatlari mavjud bo'lib, ular geografik qamrovi bo'yicha mamlakat moliya bozorida yetakchi hisoblanadi. Moliya muassasasi O'zbekiston bo'ylab 10 millionga yaqin bank xizmatlari iste'molchilariga xizmat ko'rsatadi.
O'xshash yangiliklar
Yangi yilni Octobankning Welcome tarifi bilan kutib oling — maksimal nazorat, minimal komissiyalar

26.12.2025

Yangi yilni Octobankning Welcome tarifi bilan kutib oling — maksimal nazorat, minimal komissiyalar

2025-yil davomida so‘m AQSh dollariga nisbatan deyarli 7% ga o‘sdi

25.12.2025

2025-yil davomida so‘m AQSh dollariga nisbatan deyarli 7% ga o‘sdi

Kriptovalyutaga investitsiya: strategiya omaddan muhimroq

25.12.2025

Kriptovalyutaga investitsiya: strategiya omaddan muhimroq



Orphus tizimi