Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tashkil etildi

26.03.2018

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tarkibiy tuzilmasida tashkil etilgan mazkur xizmat banklarga murojaat qiluvchi fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi.

Bu kuni kecha e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorida o‘z aksini topdi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish vazifalarini bajarishda:

bank tizimida tizimli kamchiliklar va bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari buzilishlarini aniqlash, shuningdek, ularning oldini olishga;

bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan kredit tashkilotlariga nisbatan javobgarlik choralari ko‘rilishini ta’minlashga;

bank xizmatlari iste’molchilarining buzilgan huquqlarini tiklashda maslahat berish va ko‘maklashishga; moliyaviy ochiqlik darajasini oshirish va bank xizmatlari iste’molchilarining savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratadi.

Yaratilgan bu yangi tizim banklarda xizmat sifati oshishiga, banklarga ishi tushgan fuqarolarga zarur qulaylik yaratilishiga zamin yaratadi.

Manba: uza.uz

BRB
O'xshash yangiliklar
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

23.04.2026

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

Biznes — bu to'g'ri qarorlar va ishonchli hamkorlik

23.04.2026

Biznes — bu to'g'ri qarorlar va ishonchli hamkorlik



Orphus tizimi