Xalq banki Surxondaryo viloyati Shurchi filiali tomonidan aholiga bank xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish va mijozlarga qulayliklar yaratish maqsadida “Bank xizmatlari markazi” ochildi.
Yangidan tashkil etilgan markazda yuridik va jismoniy shaxslarga keng ko‘lamli bank va konsalting xizmatlari ko‘rsatiladi. Xususan, jismoniy shaxslar uchun mikroqarz, overdraft va boshqa kreditlarni rasmiylashtirish, plastik karta ochish kabi imkoniyatlar yaratilgan.
Yangi ochilgan “Bank xizmatlari markazi”da mijozlarga interaktiv mobil bank xizmatlari ko‘rsatiladi va zaruriy maslahatlar beriladi.
Mazkur markaz hudud aholisining turli bank xizmatlariga bo‘lgan talabini qondirishga xizmat qiladi.
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
Bank xizmatlari markazining navbatdagisi Shurchi tumani aholisiga xizmat qilishni boshladi