JET: Kartadan kartaga 200 million so'mni komissiyasiz o'tkazish mumkinmi? Batafsil

Bank xodimlari til siyosatiga oid so‘nggi islohotlar bilan tanishtirildi

03.05.2021
Bank xodimlari til siyosatiga oid so‘nggi islohotlar bilan tanishtirildi    O‘zsanoatqurilishbank tomonidan joriy yil 10 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan onlayn seminar o‘tkazildi. Tadbir Zoom platformasi orqali tashkil etilib, unda Bankning barcha mintaqaviy filiallari keng qamrab olindi. 
      

                  
   Bugungi kunda  mamlakatimizda o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayoti hamda xalqaro miqyosdagi mavqeini oshirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yurtimizdagi boshqa millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish barobarida, davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta'minlashga qaratilgan katta islohotlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada davlatimiz rahbarining 2019 yil 21 oktyabrdagi «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hamda 2020 yil 20 oktyabrdagi «Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonlarida qator ustuvor yo‘nalishlar belgilab berildi.
Xususan, ushbu farmonlarga asosan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 fevraldagi 61-sonli Qarori bilan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta'minlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
    Unda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta'minlashga qaritilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi hamda lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosining yangi tahriri asosida “O‘zbek tilining imlo qoidalari”ni tasdiqlash bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz) joylashtirish uchun taqdim qilingan loyihalarni davlat tili qoidalariga muvofiqligi, shuningdek, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida tayyorlanganligi tekshirilgandan keyin muhokamaga chiqarish nazarda tutilgan.
Barcha tashkilot va idoralarning rasmiy veb-saytlari, shuningdek, shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar, ID-kartalar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hamda chet davlat fuqarolarining yashash guvohnomalari, ish qog‘ozlari, turli blanklar, mamlakatimizdagi joy, ko‘cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, reklama va e'lonlar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tkazilishi ta'minlash bo‘yicha aniq davrlar ko‘rsatilgan.
    Bundan tashqari, markaziy, mahalliy bosma va elektron OAV, internet saytlari, nashriyotlar, matbaa korxonalari faoliyati to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tkazilishi qayd etilgan.
Onlayn seminarda 1989 yildan to 2020 yilgacha til siyosatiga oid bitta – «Davlat tili to‘g‘risida»gi qonun amal qilgan bo‘lsa, so‘nggi bir yilda ushbu yo‘nalishda yigirmaga yaqin huquqiy-me'yoriy hujjatlar qabul qilinganligi, Vazirlar Mahkamasi huzurida Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti tashkil etilganligi aytib o‘tildi.
Vazirlar Mahkamasining joriy yil 4 fevraldagi “Rahbar kadrlar va mas'ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash va ularga davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq, shu yilning 1 aprelidan boshlab o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha bilimni baholashning milliy test tizimi asosida rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish hamda mas'ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tizimi joriy etilganligi ma'lum qilindi.
    Tadbir davomida, shuningdek, Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti buyurtmasiga asosan “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti tomonidan chop etilgan 5 jildli O‘zbek tilining izohli lug‘ati taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.
    Onlayn seminarda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.
Bank Axborot xizmati
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.
Manba: Sqb.uz
O'xshash yangiliklar
“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

04.07.2024

“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

02.07.2024

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi
Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi



Orphus tizimi