JET: O'zbekistonda eng manfaatli kredit kartasini qaysi bank taklif qiladi? Batafsil

Bankda ma'naviy-ma'rifiy tadbir o’tkazildi.

19.11.2014

ATB "Qishloq qurilish bank"ning markaziy idorasida Toshkent davlat yuridik universiteti oqituvchisi,  yuridik fanlari doktori, professor - Feruza Muhiddinova ishtirokida "Vatan ravnaqi oiladan boshlanadi" va "Soglom farzand tarbiyasi-bizning umumiy majburiyatimiz"    mavzularida ma'naviy-ma'rifiy tadbir otkazildi.

 Yig’ilishni ATB "Qishloq qurilish bank" Boshqaruv raisi o’rinbosari A.Muratov ochib berdi. 

Feruza Muhiddinova o’z ma'ruzasida xususan quyidagilarni aytib o’tdi:

-  Hammamizga ma'lumki 2014 yilni  "Sog’lom bola yili" deb e'lon qilinishi oilaning o’rni va ta'sirini yanada kuchaytirdi. Chunki sog’lom bola sog’lom oilada shakllanadi.  Yurtboshimizning "Yuksak ma'naviyat-engilmas kuch" asarida "Har qaysi millatning o’ziga xos ma'naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda hech shubhasiz, oilaning o’rni va ta'siri beqiyosdir. Chunki, insonning eng sof va pokiza tuyg’ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag’rida shakllanadi",-  deb yozgan edi.

   Konstitutsiyamizning XIV bobi "Oila", deb nomlangan bo’lib, uning 63-moddasida: "Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega", degan normaning mavjudligi oila institutiga davlat siyosati darajasidagi e'tibor namunasidir. Shunday ekan, oila nafaqat huquqiy jihatdan himoya etilishi, balki uning rivoji va faoliyati ham davlat g’amxo’rligida ekanligi, dunyoning boshqa davlatlaridan farqli ravishda e'tiborga molikdir.

   Millat taqdiri va kelajagi o’sib kelayotgan yosh avlodga bog’liq. Shuning uchun ham Prezidentimiz oldingi yillarga uzviy bog’lagan holda bu yilni "Sog’lom bola yili" deb e'lon qildilar. Bugun biz ularning barkamolligi zamirida biz o’z kelajagimizga umid bilan qarashimiz mumkin. Prezidentimiz "Biz o’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz", degan fikrlarida ayni yosh va barkamol avlodni tarbiyalash lozimligini nazarda tutgan. Kelajagimiz egalari bo’lmish yosh avlodning barkamolligiga nafaqat oila va davlatning, balki butun jamiyat a'zolarining mas'ul ekanligini Yurtboshimiz takror-takror ta'kidlagan.

   Feruza Muxiddinova  ma'ruzasi yakunida Amir Temurning- "Oila barpo etishda nasl-nasabning o’rni, o’ylanmasdan qurilgan oila jangdagi mag’lubiyatdan ko’ra fojealiroqdir, chunki oilada kelajak naslimiz shakllanadi",- degan  fikrlarini keltirib o’tib, barchaga ham jismoniy, ham ma'naviy sog’lom oilaviy muhitni shakllantirishda sog’lik, xotirjamlik, yurtimizga tinchlik, omonlik   tilab nutqini yakunladi. 

Bank axborot xizmati

BRB
O'xshash yangiliklar
Push30 sizga yangi yilni yorqin taassurotlar bilan boshlash imkoniyatini tuhfa qiladi!

14.11.2024

Push30 sizga yangi yilni yorqin taassurotlar bilan boshlash imkoniyatini tuhfa qiladi!

Ozon Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirmoqda. Bu esa shuni anglatadiki, hech narsa sotmaydigan va ishlab chiqarmaydigan odamlar ham oʻz muvaffaqiyatli biznesini boshlashi mumkin.

07.11.2024

Ozon Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirmoqda. Bu esa shuni anglatadiki, hech narsa sotmaydigan va ishlab chiqarmaydigan odamlar ham oʻz muvaffaqiyatli biznesini boshlashi mumkin.

Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

30.10.2024

Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi



Orphus tizimi