JET: O'zbekistonda eng manfaatli kredit kartasini qaysi bank taklif qiladi? Batafsil

“BANKEXPO-2014”: BANK TIZIMI YUTUQLARI NAMOYISH ETILADI

28.03.2014
28.03.2014     9-10 aprel kunlari Ko'rgazma Savdo markazida Respublika Markaziy banki tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar hamda Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo'mitalari, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, O'zbekiston Axborot texnologiyalari korxonalari va tashkilotlari assotsiatsiyasi, Banklar Assotsiatsiyasi hamda “Kamolot” ijtimoiy yoshlar harakati bilan hamkorlikda  tashkil etilayotgan bank texnologiyalari, asbob-uskunalari va xizmatlari VII-yillik "BankExpo-2014” milliy ko'rgazmasi bo'lib o'tadi. Bu yirik anjumanni tashkil etishdan maqsad - tadbirkorlik sub'ektlari va aholiga bank-moliya tizimining so'nggi yutuqlari va istiqboldagi rivojlanish yo'nalishlarini keng etkazish, yangi texnologiya va xizmatlar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat. So'nggi yillarda mamlakatimizda bank ishi sifat jihatdan tobora ilgarilab bormoqda. Bugungi kunda balog'at yoshidagi aholining barchasi bank xizmatlari bilan qamrab olingan. Bank xizmatlaridan foydalanish darajasining o'sishini mamlakatimizda har yuz ming katta yoshdagi aholiga 49,7 ta bank muassasasi to'g'ri kelayotgani, har ming kishi nomiga 1028 ta bank hisobraqami ochilganida ham ko'rishimiz mumkin.    Ko'rgazma tijorat banklarining real va salohiyatli mijozlariga munosabatini, yangi mijozlarni jalb etish, yangi xizmatlarni joriy etish va takomillashtirishning istiqbolli yo'nalishlarini belgilab olishiga jiddiy turtki beradi. Ko'rgazma salohiyatli mijozlarni kreditlash shartlari, mexanizmlari va boshqa moliyaviy xizmatlar ko'rsatish tartiblari, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish darajasi bilan yaqindan tanishtirishda, pirovardida mijozlarning vatanimiz banklariga bo'lgan munosabatini shakllantirish, ishonchini mustahkamlash va kredit tashkilotlari faoliyati samaradorligini yaxshilashda beqiyos o'rin tutadi. Ko'rgazmada mamlakatimizning barcha tijorat banklari, Lizing beruvchilar assotsiatsiyasi, etakchi sug'urta kompaniyalari hamda mahalliy va xorijiy axborot texnologiyalari kompaniyalari ham o'z mahsulotlari va xizmatlari haqida hikoya qiluvchi stendlari bilan ishtirok etadi. Shu bilan birga, ko'rgazmada bugungi kunda kichik biznesni, xususan yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlashda bank tizimi bilan keng hamkorlik qilib kelayotgan “Kamolot” YoIH, Davlat soliq qo'mitasi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi va boshqa bir qator tashkilotlar ham qatnashmoqda. Joriy yilda o'tkazilayotgan ko'rgazmaning asosiy yo'nalishi “Sog'lom bola yili” Davlat dasturi va mamlakatimiz rahbarining “O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarorida ilgari surilgan vazifalar ijrosini ta'minlash, xususan kichik tadbirkorlik sub'ektlari, oilaviy biznes, o'z tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo'lgan ta'lim muassasalari bitiruvchilari, uy mehnatini engillashtirish maqsadida xotin-qizlarga taklif etilayotgan bank xizmatlari bo'yicha ma'lumot va maslahatlar berishga qaratilmoqda. Ko'rgazma dasturi keng va rang-barang bo'lib, unda davra suhbatlari, seminarlar, taqdimotlar, uchrashuvlar, master-klasslar tashkil etiladi. Ushbu tadbir ishtirokchilar uchun ko'p narsa beradi. Eng muhimi, bank xizmatlari iste'molchisi qisqa muddat ichida bozorga taklif etilayotgan xizmatlar bilan tanishish, taqqoslash, mutaxassislardan kerakli maslahatlarni olish, muzokaralar o'tkazish imkoniga ega bo'ladi. Bugungi  kunda tijorat banklarining keng ommaga, biznes tuzilmalarga etkazishi, ko'rsatishi lozim bo'lgan xizmatlari bir talay. So'nggi bir yil davomida banklarning amaldagi operatsiyalari va xizmat turlari sifat jihatdan takomillashdi. Kichik tadbirkorlik tuzilmalarini kreditlash tartibi soddalashtirildi, bank ishi sohasida tadbirkorlik sub'ektlariga ruxsatnoma berish tartibi erkinlashtirildi. Mijozlarga xizmat ko'rsatishda sog'lom raqobat muhitining shakllanishi banklarni xizmat ko'rsatishning yangi shakllarini qidirishga, bank xizmatlarini diversifikatsiya qilishga undamoqda. Ayni shu jihatlar tufayli respublikamiz bank tizimi rivojlanish istiqbollari xalqaro reyting kompaniyalari tomonidan to'rtinchi yildirki, “barqaror” deb baholanmoqda. Qolaversa, bularning barchasi mamlakatimiz Prezidenti rahbarligida bank-moliya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar milliy bank tizimining barqaror faoliyati tayanchi bo'layotgani, jahon standartlariga to'la javob beradigan xizmatlar ko'rsatayotgani natijasidir. Bank tizimining moliyaviy barqarorligi va o'sish ko'rsatkichlari, xalqaro indikatorlar asosida tahlil qilinganda, yuqori darajadagi baholarga muvofiq keladi. Jumladan, bank tizimi faoliyatining asosiy indikatorlari, chunonchi, «banklarning umumiy kapitali etarliligi», «tijorat banklarining likvidligi», «depozitlar hajmining dinamikasi», «kredit qo'yilmalari hajmining o'zgarishi» 2013 yil yakunlari bo'yicha yuqori bahoga mosdir. Aynan ushbu ko'rsatkichlar banklarning kredit va investitsiyalash imkoniyatlarini oshirish, yangi bank texnologiyalarini amaliyotga dadil joriy etish asosi bo'lmoqda. Mamlakatimiz banklari mijozlarning yangi avlodi talablariga javob beradigan yuqori texnologik ishlanmalardan keng foydalanib, zamon bilan qadamba-qadam bormoqda. Bu sa'y-harakatlar samarasi o'laroq banklar tomonidan iste'molchilarning ehtiyojini oldindan sezish va ularning istak-xohishlariga mos ravishda xizmat ko'rsatishga sharoit yaratilmoqda. Binobarin ko'rgazmada, omma e'tiboriga O'zbekiston bank-moliya sohasining yangi zamonaviy texnologiyalari va mahsulotlari, interaktiv xizmatlar, xususan internet banking, bank-moliya muassasalari va mijozlar o'rtasidagi munosabatlarni yanada yuqori pog'onaga olib chiquvchi  eng yangi axborot dasturlari havola etiladi. Ko'rgazma doirasida tijorat banklari tomonidan chekka va aholi zich joylashgan tumanlarda faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari, ishlab chiqarish mikrofirmalari, dehqon va fermer xo'jaliklari, endigina ish boshlayotgan yosh tadbirkorlar, ish bilan bandlikni ta'minlash ko'zda tutilgan loyihalar bo'yicha o'tkaziladigan tanlovlar g'oliblariga imtiyozli kredit ajratish huquqini beruvchi sertifikatlar topshirish marosimi ham bo'lib o'tadi. Ishonch bilan aytish mumkinki, ko'rgazma ishtirokchilar va mehmonlarning bank tizimi yutuqlari, rivojlanish istiqbollari haqida o'zaro axborot va tajriba almashish, manfaatli hamkorligini kengaytirishga, umuman olganda mamlakatimizda bank ishi taraqqiyotiga, iqtisodiyot sub'ektlari va aholining bank xizmatlariga bo'lgan talabini to'la qondirishiga qulay sharoit yaratadi.  cbu.uz
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank ilovasi foydalanuvchilari endi telefon raqami orqali pul oʻtkazishlari mumkin
Uzum Bank ilovasi foydalanuvchilari endi telefon raqami orqali pul oʻtkazishlari mumkin

Jamoangizga Push30 bilan investitsiya qiling

24.12.2024

Jamoangizga Push30 bilan investitsiya qiling

Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi

19.12.2024

Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi



Orphus tizimi