9-10 kunlari “Ko‘rgazma savdo markazi” majmuasida Bank xizmatlari, uskunalari va texnologiyalari YII yillik BANKEXPO-2014 milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Ko'rgazmaning asosiy tashkilotchisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bo‘lgani holda, unga Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo'mitasi, O'zbekiston banklar assotsiatsiyasi hamda Axborot texnologiyalari assotsiatsiyasi hamkorlik qilishdi.
Ushbu ko'rgazmada mamlakatimizning barcha tijorat banklari, yirik sug'urta, lizing va investitsiya kompaniyalari o'zlarining eng yangi texnologiyalari va xizmatlari, shuningdek moliya muassasalari uchun axborot texnologiyalari ishlanmalariga ixtisosolashgan kompaniyalar o‘z mahsulotlarini namoyish etdilar.
“Qishloq qurilish bank” OATB tomonidan “Sog‘lom bola yili” davlat dasturi hamda “Bank Ekspo” ko‘rgazmasi doirasida shu yilning fevral- mart oylarida e'lon qilingan tanlovga butun respublikadan biznes loyihalar taqdim etildi. Jumladan, tanlovda sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularni qadoqlash uchun plastmassa tayyorlash, tikuvchilik va to’qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, milliy hunarmandchilik, xizmatlar sohasini rivojlantirishga qaratilgan 500 dan ortiq loyihalar ishtirok etdi. Ularning orasidan 7 ta nominatsiya bo‘yicha sovrindorlar aniqlandi.
Xususan, “Eng yaxshi innovatsion loyiha” nominatsiyasi bo‘yicha birinchi o‘ringa bankning Samarqand mintaqaviy filiali mijozi “Urgut Sharq” MCHJ dan loyiha tashabbuskori Zubaydullo Hakimov loyiq deb topildi.
“Ishlab chiqarish sohasidagi eng yaxshi loyiha” nominatsiyasida esa bosh sovrin bankning Farg‘ona mintaqaviy filiali mijozi sanalgan “Piramida Aziya” MCHJdan loyiha tashabbuskori Xayrullo Ahmedovga topshirildi.
“Eng yaxshi yosh tadbirkor” nominatsiyasida esa bosh sovrin bankning Qoraqalpog’iston mintaqaviy filiali mijozi sanalgan “KARUANLI AYBEK” MCHJ nomidan loyiha tashabbuskori Aybek Bekimbetovga topshirildi.
“Eng yaxshi tadbirkor ayol” nominatsiyasida esa bosh sovringa bankning Ohangaron filiali mijozi sanalgan Ismandiyarova Dilnozaning loyihasi loyiq deb topildi.
“Bolalarni intelektual salohiyatini rivojlantirish uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi eng yaxshi loyiha” nominatsiyasida esa bosh sovringa bankning Yakkabog’ filiali mijozi sanalgan yakka tartibdagi tadbirkor Guljahon Rizayevaning loyihasi loyiq deb topildi.
Yuqoridagi nominatsiyalar bo’yicha 1 –o‘rinni egallagan loyiha tashabbuskorlari “LED 32” markali televizorlar, 2 –o‘rinni egallagan loyiha tashabbuskorlari zamonaviy noutbuk va 3 –o’rinni egallagan loyiha tashabbuskorlari zamonaviy planshetlar hamda kredit olish huquqini beruvchi imtiyozli sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
Bundan tashqari, Kamolot YOIH hamkorligida amalga oshirilgan “Eng original loyiha” tanlovida Xorazm mintaqaviy filiali mijozi sanalgan yakka tartibdagi tadbirkor Sarvar Matmuratovning loyihasi loyiq deb topilgan bo‘lsa, nominatsiyalarda ishtirok etgan kasb-hunar kollej bitiruvchilari orasidagi “Eng original loyiha” tanlovi nominatsiyasida esa bosh sovringa bankning Qo’ng’irot filiali mijozi sanalgan yakka tartibdagi tadbirkor “Allambergenov Olimjon” nomidan qatnashgan Umirbek Bekbergenovning loyihasi loyiq deb topildi. G‘oliblarga zamonaviy kompyuterlar hamda kredit olish huquqini beruvchi imtiyozli sertifikatlar topshirildi.
Ko‘rgazma so‘ngida “Qishloq qurilish bank” tashkiliy qo‘mita tomonidan uchinchi marotaba “Qishloq farovonligiga qo‘shayotgan hissasi uchun” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.
So‘rov natijalariga ko‘ra omonatlar, kreditlar, bank-servis xizmati, ishonchli hamkor va ommabop bank nominatsiyalari bo‘yicha “Qishloq qurilish bank” 8000 ga yaqin ovoz to‘pladi va tashkiliy qo‘mita tomonidan “So‘rov natijalariga ko‘ra eng ko‘p ovoz to‘plagan bank” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
BANKEXPO-2014 milliy ko'rgazmasi bo’lib o’tdi