JET: Qaysi banklarda kartani bepul olish mumkin? Batafsil

«BankExpo-2015» ko‘rgazmasga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda

04.03.2015

Joriy yilning 3 mart kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda O‘zbekiston banklar Assotsiatsiyasi hamkorligida bank xizmatlari, uskunalari va texnologiyalari – «BankExpo-2015» VIII milliy ko‘rgazmasini yuqori saviyada o‘tkazilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda tegishli vazirlik va idoralar, tijorat banklari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan navbatdagi ko‘rgazma 2015 yilning 12-13 mart kunlari «Ko‘rgazma Savdo markazi» ko‘rgazmalar majmuida bo‘lib o‘tadi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi hamda Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston banklar Assotsiatsiyasi, Axborot texnologiyalari korxonalari va tashkilotlari Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Ko‘rgazmada mamlakatimizning barcha tijorat banklari, Lizing beruvchilar assotsiatsiyasi, etakchi sug‘urta kompaniyalari hamda axborot texnologiyalari sohasidagi kompaniyalar o‘z mahsulotlari va xizmatlarini aks ettiruvchi stendlar bilan ishtirok etadi.

Joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan ko‘rgazmaning asosiy maqsadi kichik tadbirkorlik sub’ektlari, oilaviy biznes, o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yosh tadbirkorlar va kasb-hunar kolleji bitiruvchilariga bank xizmatlari bo‘yicha etarli darajada ma’lumot va maslahatlar berishdan iborat.

Mazkur ko‘rgazma doirasida davra suhbatlari, seminarlar, taqdimotlar, uchrashuvlar, mahorat darslari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ko‘rgazmaga tashrif buyurgan  ishtirokchilar qisqa muddat ichida bozorda taklif etilayotgan zamonaviy bank xizmatlari bilan tanishish, taqqoslash, mutaxassislardan kerakli maslahatlarni olish, muzokaralar o‘tkazish imkoniyatiga ega ham bo‘ladilar.

 

Bank axborot xizmati

BRB
O'xshash yangiliklar
O‘zbekiston Markaziy banki va Kapitalbank nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moliyaviy inklyuziya forumini o‘tkazdi

28.01.2026

O‘zbekiston Markaziy banki va Kapitalbank nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moliyaviy inklyuziya forumini o‘tkazdi

Har qanday vaziyatga chidamli portfel: nima uchun mablag‘larni turli aktivlarga taqsimlash kerak va buni qanday to‘g‘ri bajarish lozim?

23.01.2026

Har qanday vaziyatga chidamli portfel: nima uchun mablag‘larni turli aktivlarga taqsimlash kerak va buni qanday to‘g‘ri bajarish lozim?

So‘m ichki va tashqi omillarga vaqtincha yon berdi

22.01.2026

So‘m ichki va tashqi omillarga vaqtincha yon berdi



Orphus tizimi