Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi Batafsil

BANKEXPO-2015 milliy ko’rgazmasi

18.03.2015

IMG_0053.JPGJoriy yilning 12-13 mart kunlari  "Ko’rgazma savdo markazi" majmuasida Bank xizmatlari, uskunalari va texnologiyalari YIII yillik BANKEXPO-2015   milliy ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Ko’orgazmaning asosiy tashkilotchisi  O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bo’lgani  holda, unga Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar Qo’mitasi, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari Qo’mitasi, O’zbekiston banklar assotsiatsiyasi hamda Axborot texnologiyalari bo’yicha korxona va tashkilotlar assotsiatsiyasi hamkorlik qilishdi.

Ushbu ko’rgazmada mamlakatimizning barcha tijorat banklari, yirik sug’urta, lizing va investitsiya kompaniyalari o’zlarining eng yangi texnologiyalari va xizmatlari, shuningdek, moliya muassasalari uchun axborot texnologiyalari ishlanmalariga ixtisoslashgan kompaniyalar o’z mahsulotlarini namoyish etdilar. Joriy yilda o’tkazilgan "BANKEXPO-2015" ko’rgazmaciga  tashrif buyurgan 50 minga yaqin tadbirkorlik sub'ektlari, mijozlar hamda mehmonlar bank-moliya tizimining so’nggi yutuqlari va istiqboldagi rivojlanish yo’nalishlari, yangi texnologiya va xizmatlar bilan yaqindan tanishtirildi.

"Qishloq qurilish bank" ATB tomonidan  "Keksalarni e'zozlash yili" davlat dasturi hamda  "BANKEXPO" ko’rgazmasi doirasida  shu yilning fevral oyida e'lon qilingan tanlovga butun respublikadan biznes loyihalar taqdim etildi. Jumladan, tanlovda  intensiv bog’ yaratish, baliqchilik, chorvachilik, milliy matolar ishlab chiqarish, polietilen mahsulotlari ishlab chiqarish, sog’lomlashtirish markazi hamda go’zallik salonlari kabi xizmatlar sohasini rivojlantirishga qaratilgan 140 dan ortiq loyihalar ishtirok etdi. Ularning orasidan 4 ta nominatsiya bo’yicha sovrindorlar aniqlandi.

            Xususan, "Uzoq va borish q`iyin bo’lgan tumanlarda amalga oshirilgan eng yaxshi loyiha" nominatsiyasi bo’yicha birinchi o’ringa bankning  Navoiy mintaqaviy filiali mijozi bo’lgan "Tomchilab sug’orish zamon talabi" XK rahbari loyiha tashabbuskori Achil Yakubov loyiq deb  topildi.

Ikkinchi o’ringa bankning Andijon mintaqaviy filiali mijozi - "Baliqchilik Mashrabboy   yerlari" FX rahbari Mashrabboy Qodirov, uchinchi o’ringa Kattaqo’rg`on filiali mijozi - "Xofiz bobo OSHD" KTXK rahbari Sobit Pardayev loyiq deb topildi.IMG_0119.JPG

"Kasb-O`unar kollej bitiruvchilari orasidan eng original loyiO`a", nominatsiyasida esa  bosh sovrin  bankning  Qashqadaryo mintaqaviy filiali  mijozi sanalgan Yakka tartibdagi tadbirkor hamda loyiha tashabbuskori Nuriddin Xudoyberdiyevga topshirildi.

Ikkinchi o’ringa bankning Kogon filiali mijozi - Yakka tartibdagi tadbirkor Botirali Shernazarov, uchinchi o’ringa Ohangaron filiali mijozi - "Ohangaron plast" MCHJ rahbari     Javlonbek Yoqubjonov loyiq deb topildi.

"Ishlab chiqarish sohasidagi eng yaxshi loyiha" nominatsiyasida esa  bosh sovrin  bankning  Marg`ilon filiali  mijozi sanalgan Yakka tartibdagi tadbirkor va loyih`a tashabbuskori Mansurjon Mirzaxanovga topshirildi.

Ikkinchi o’ringa bankning Sho’rchi filiali mijozi - Yakka tartibdagi tadbirkor Bahodir Davlatov, uchinchi o’ringa Chimboy filiali mijozi - "Amangeldi Mehriban" MCHJ rahbari Hamdulla Utambetov loyiq deb topildi.

"Eng yaxshi tadbirkor ayol"  nominatsiyasida esa  bosh sovringa  bankning  Pop  filiali  mijozi sanalgan "Fotima Zuhra Mamadaliyevna" MCHJ rahbari Dildora To’ychiyevaning loyihasi  loyiq    deb topildi.  

Ikkinchi o’ringa bankning Xorazm mintaqaviy  filiali mijozi - Oilaviy tadbirkor Shoira Xudoyorova, uchinchi o’ringa Jizzax mintaqaviy filiali mijozi - "Oyxumor Umida" MCHJ rahbari Oyxumor Kushtayeva loyiq deb topildi.

Yuqoridagi nominatsiyalar bo’yicha 1 -o’rinni egallagan loyiha tashabbuskorlari "LED 32" markali televizorlar,  2 -o’rinni egallagan loyiha tashabbuskorlari zamonaviy noutbuk  va  3 - o’rinni egallagan loyiha tashabbuskorlari zamonaviy planshetlar hamda kredit olish huquqini beruvchi imtiyozli sertifikatlar bilan taqdirlanadilar.

604124429_65914.jpg16 mart kuni "Turkiston" san'at saroyida  "BANKEXPO-2015" Bank xizmatlari, uskunalari va texnologiyalari milliy ko’rgazmasi doirasida "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga xizmat ko’rsatishda yetakchi o’ringa ega bo’lgan, shuningdek, ko’rgazmada faol ishtirok etgan qatnashchilarni taqdirlash marosimi"da   "Qishloq qurilish bank" tashkiliy qo’mita tomonidan to’rtinchi marotaba "Qishloq farovonligiga qo’shayotgan hissasi uchun" nominatsiyasi g`olibi deb topildi.

Bundan tashqari,  Ohangaron filiali mijozi bo’lgan "Ohangaron jannat mevalari" fermer xo’jaligining "Xo’l mevalarni saqlash maqsadida quyosh batareyalari yordamida ishlaydigan muzlatgich o’rnatish bo’yicha loyiha"sini qo’llab -quvvatlagani  uchun "Innovatsion loyihalarni qo’llab-quvvatlovchi eng yaxshi bank" hamda ko’rgazma davomida bank stendini malakali mutaxassislar bilan ta'minlab, ular tomonidan  ko’rgazmaga kelgan aholi hamda tadbirkorlarning savollariga yetarli javob berib turganliklari uchun "Eng yaxshi stend personali xizmati" nominatsiyasi bo’yicha ham g`oliblikni qo’lga kiritdi.


Bank axborot xizmati

BRB
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi

24.10.2024

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi



Orphus tizimi