Yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatilayotgan bank-moliya xizmatlarini targ‘ib etish va yaqindan tanishtirish maqsadida 2016 yilning 13-14 aprel kunlari "Ko‘rgazma Savdo Markazi" majmuasida BANKEXPO-2016 Bank xizmatlari, uskunalari va texnologiyalari milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmada ATB "Qishloq qurilish bank" tomonidan "Sog‘lom ona va bola" Davlat dasturi hamda "BANKEXPO-2016" bank xizmatlari, uskunalari va texnologiyalari Milliy ko‘rgazmasi doirasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashga, shuningdek ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ish bilan bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalar bo‘yicha tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda intensiv bog‘ yaratish, baliqchilik, chorvachilik, tikuvchilik va matolar ishlab chiqarish, polietilen mahsulotlari ishlab chiqarish, non va non mahsulotlari ishlab chiqarish, servis xizmatlarini ko‘rsatish, sog‘lomlashtirish markazi hamda go‘zallik salonlari kabi xizmatlar sohasini rivojlantirishga qaratilgan 180 dan ortiq loyihalar ishtirok etdi. Ularning orasidan 5 ta nominatsiya bo‘yicha sovrindorlar aniqlandi.
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
“BANKEXPO-2016”- Bank xizmatlari, uskunalari va texnologiyalari milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.