2019 yilning 11-13 aprel kunlari "Uzexpocentre" majmuasida “BANKEXPO-2019”- Moliya-bank xizmatlari, uskunalari va texnologiyalari milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmada ATB “Qishloq qurilish bank” faol ishtirok etdi. Bank stendida ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqidagi ma’lumotlar joylashtirildi. Bankka kelmasdan, masofadan amalga oshiriladigan xizmatlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. “QQB-Mobile”, “Depozit banking” kabi innovatsion mobil dasturlar mijozlarga qulaylik yaratibgina qolmay, ularning vaqtini ham tejamoqda.

Bank tomonidan taklif qilinayotgan jozibador omonatlar va kreditlar aholi daromadlarini oshirishga xizmat qilmoqda.
“BANKEXPO-2019” ko‘rgazmasi doirasida yangi joriy qilingan bank xizmatlari ham taqdimot qilindi.
“Qishloq qurilish bank” Uzcard va UnionPay tizimlarida foydalanish imkonini beruvchi kobeydjing kartochkalarini muomalaga chiqardi.

Kobeydjing kartalarining quyidagi imkoniyatlari mavjud:
· bir necha to‘lov tizimlari infratuzilmasida foydalanish;
· bir kartaning o‘zida barcha to‘lov tizimlari imkoniyatlaridan foydalanish;
· xorijiy mamlakatlarda ham cheklovlarsiz foydalanish;
· mablag‘larni konversiya qilish zaruriyati mavjud emasligi;
· kartalari orqali kontaktsiz to‘lov texnologiyasi (NFC) bo‘yicha hisob-kitob qilish mumkinligi;
· “ish haqi” loyihasi asosida ham muomalaga chiqarish.
E’tiborga molik jihati shundan iboratki, “Qishloq qurilish bank” kobeydjing kartalari nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyoning 170 ta mamlakatida va UnionPay infratuzilmasi mintaqalarida 12 milliondan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari hamda 1,1 million dona bankomatlarda to‘lovga qabul qilinadi.

Bir so‘z bilan aytganda, “BANKEXPO-2019” ko‘rgazmasi bank xodimlari va mijozlar o‘rtasida o‘zaro fikr almashish, ochiq muloqot maydonini yaratib berdi.
Bank axborot xizmati
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
“Bankexpo-2019”: yangi xizmatlar taqdimot qilindi