Bankimizning nufuzli mukofotlar to‘plami yana bittaga ko‘paydi!

01.04.2020

«Asia money» xalqaro nashriyoti tomonidan har yili o‘tkaziladigan «Best bank awards» (Eng yaxshi bank taqdimoti) doirasida «Agrobank - O‘zbekistonning eng yaxshi raqamli banki» («Best digital bank») deb topildi.

Xalqaro nashriyot avvalambor bankimizning jismoniy va yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan «Agrobank mobile» ilovasining qulay va ko‘p funksionalligi, shuningdek, Rossiya Sberbankining "Sberbank onlayn" ilovasi orqali Agrobankning Humo plastik kartalariga pul o‘tkazmalari, xozirda unikal xizmatlarimizdan bo‘lgan yuridik shaxslar uchun onlayn kreditlar, qolaversa jismoniy shaxslar uchun kredit karta xizmatlarini alohida e’tirof etdi.

Ta’kidlash joizki, hozirgi kunda ushbu mobil ilovadan 500 mingga yaqin jismoniy shaxslar va 50 mingdan ortiq yuridik shaxslar foydalanib kelmoqda.

Bankimiz raqamli transformatsiya strategiyasini amalga oshirishda va masofaviy xizmatlarni rivojlantirishda innovatsion bank hisoblanadi. Har yili bank xizmatlaridan masofaviy foydalanuvchilar sonining oshib borishi bizga mijozlarimiz uchun o‘z hayotlari va bizneslari rivoji yo‘lida eng yaxshi yechimlarni yanada ko‘proq taklif qilishga undaydi!

Agrobank Agrobank mamlakatimizning barcha hududlarida o’zining muassasalariga ega bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta vilojat boshqarmasi, 170 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari , 289 ta xalqaro pul o'tkazmalari shoxobchalari, 215 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda.
Manba: Agrobank
O'xshash yangiliklar
Octobank 2026-yilning I-choragi natijalari: barqaror o‘sish va ijtimoiy tashabbuslarga e’tibor

16.04.2026

Octobank 2026-yilning I-choragi natijalari: barqaror o‘sish va ijtimoiy tashabbuslarga e’tibor

Tenge Bank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zoligiga qo‘shildi

13.04.2026

Tenge Bank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zoligiga qo‘shildi

Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi

07.04.2026

Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi



Orphus tizimi