Bank va moliya sohalari keskin rivojlanayotgan hozirgi kunda aholi uchun moliyaviy va huquqiy savodxonlik darajalarini yanada oshirish ularni mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanishlariga zamin yaratadi.
Dastavval iste'molchilar shuni yodda saqlashlari kerakki, ular o‘zlariga maqul kelgan bank va bank xizmatlarini erkin tanlash huquqiga egadirlar. Biroq, har bir iste'molchi bankka borishidan oldin quyidagilarni bilishi foydali hisoblanadi:
Dastavval siz bankka nima maqsadda borishingizni aniq bilishingiz kerak.
Ushbu bosqich sizga vaqtingizni tejashga yordam beradi. Misol uchun, agar siz bankka kredit olish yoki omonat qo‘yish uchun bormoqchi bo‘lsangiz, siz masofadan turib har bir bankning internet tarmog‘idagi veb sahifasiga kirib foiz stavkalarini va shartlarni tahlil qilib eng maqbul bankni tanlashingiz mumkin.
Shuningdek, siz bankning veb sahifasida joylashtirilgan Call-markaz raqamlari orqali barcha bank xizmatlari to‘g‘risida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin. Bu esa sizni nafaqat har bir bankka borib vaqtingizni ketkazishdan saqlaydi, balki bankka bormasdan ham kredit olishingiz, omonat qo‘yishingiz yoki boshqa bank xizmatlaridan foydalanishingizga yordam berishi mumkin.
Bankka borishdan avval bankning ish tartibi bilan albatta tanishib chiqish lozim, aks holda iste'molchi tushlik vaqtida yoki ish vaqti tugaganda kelib o‘zining qimmatli vaqtini yo‘qotadi.
Iste'molchi bankka borishidan avval shaxsini tasdiqlovchi hujjatlardan birini o‘zlari bilan olishlari shart, hamda operator bilan ulanib qo‘shimcha hujjatlar haqida ma'lumot olishlari mumkin.
24.12.2024
Jamoangizga Push30 bilan investitsiya qiling
19.12.2024
Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi
Bankka tashrif buyurganda nimalarni bilish lozim?