JET: Qaysi bankda ikkilamchi bozor uchun eng kam foizli ipoteka kreditlari mavjud? Batafsil

Banklar aholi bilan ishlashning yangi usuliga o‘tdilar

05.01.2017


Tijorat banklari davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan vazifalarni bajarish hamda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da fuqarolarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlariga keng imkoniyatlar yaratish uchun tadbirkorlarga moliyaviy ko‘mak va madad berishning yangi usullarini joriy etdilar. Banklar oddiy aholini tadbirkorlikka, ishbilarmonlikka o‘rgatish va shunga yetaklash maqsadida ularning bank xizmatlari va kredit mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganib chiqishga kirishdi.

Tijorat banklarining joylardagi filiallari mas’ul xodimlari aholi xonadonlariga tashrif buyurmoqda va ular bilan o‘tkazayotgan muloqotlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlari uchun ajratilayotgan kreditlar, ularning shartlari, kredit hujjatlari va garov ta’minoti to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berib bormoqda.

O‘z navbatida, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan fuqarolarga namunaviy loyihalar taklif etilib, ularga kredit hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha tegishli maslahatlar berilmoqda va qisqa muddatlarda kredit mablag‘lari ajratish choralari ko‘rilmoqda.

Banklar tomonidan aholiga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kredit ajratish taklif etilmoqda:

       - chorvachilik;

       - parrandachilik;

       - asalarichilik;

       - quyonchilik;

       - qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, bog‘dorchilik va uzumchilik;

       - issiqxonalar qurish;

       - baliqchilik;

       - kichik ishlab chiqarish sexlarini tashkil etish;

       - kasanachilikni rivojlantirish;

       - hunarmandchilik;

       - sartaroshxona xizmatini tashkil etish;

       - tikuvchilik va chevarlikni qo‘llab-quvvatlash;

       - poyabzal tuzatish ustaxonasini tashkil etish;

       - umumiy ovqatlanish xizmatini tashkil etish;

       - maishiy texnikalarni tuzatadigan ustaxonalar tashkil etish;

       - go‘zallik salonlari tashkil qilish;

       - aholiga transport xizmatlari ko‘rsatish;

       - avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi shahobchalar qurish;

       - avtomobillarni yuvish shahobchasi tashkil qilish;

       - kompyuter xizmatlari ko‘rsatishni tashkil qilish;

       - savdo faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

       - hammomlar tashkil qilish;

       - nonvoyxona tashkil qilish;

       - qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish;

       - boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun.

Banklarning imtiyozli kreditlaridan foydalanish, o‘z biznesini tashkil etish fuqarolarning kuch va imkoniyati, qobiliyati va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun keng sharoit yaratadi.

 

Manba: www.cbu.uz


BRB
O'xshash yangiliklar
Octobank — TAF!25 versiyasi bo‘yicha onlayn biznes uchun raqamli yechimlarni yaratish yetakchisi

13.10.2025

Octobank — TAF!25 versiyasi bo‘yicha onlayn biznes uchun raqamli yechimlarni yaratish yetakchisi

FinTech va Bank forumi (FIBA) 2025 20-oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi

13.10.2025

FinTech va Bank forumi (FIBA) 2025 20-oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi

 EMBRAS 2025 Mukofoti G'oliblari

13.10.2025

EMBRAS 2025 Mukofoti G'oliblari



Orphus tizimi