Banklar indeksida «Kapitalbank» birinchi o'rinni saqlab qoldi

22.10.2020
«Kapitalbank» Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida (ITIM) hisoblangan moliyaviy vositachilik, moliyaviy imkoniyat va daromadlilik bo'yicha yuqori natijalarni ko'rsatdi ITIM O'zbekistondagi barcha tijorat banklarini o'z ichiga olgan Bank faolligi indeksini taqdim etdi. Umumiy reytingda "Kapitalbank" birinchi o'rinni saqlab qoldi. Banklarning moliyaviy imkoniyati kichik va o'rta biznes uchun moliyaviy xizmatlarning qanchalik mavjudligini va "banksiz" aholining bank sektoriga jalb qilish darajasini ko'rsatadi. Kapitalbank moliyaviy imkoniyatlarining yuqori ko'rsatkichini 10 ta eng yirik mijozlarga berilgan kreditlar ulushining pastligi va kreditlarning umumiy hajmiga nisbatan xususiy sektorga beriladigan kreditlarning yuqori nisbati bilan ta'minladi. Moliyaviy vositachilikning asosiy ko'rsatkichi real sektordan jalb qilingan depozitlarning kreditlarga nisbati hisoblanadi. Ushbu ko'rsatkich qancha yuqori bo'lsa, "Bank faolligi ko'rsatkichi" shuncha yuqori bo'ladi. Shunday qilib, «Kapitalbank» dagi jamg'arma va muddatli omonatlarning kreditlar umumiy hajmidagi ulushi 87 foizga o'sdi. Ta'kidlash joizki, hozirgi kunda O'zbekiston bank tizimida 32 tijorat banki faoliyat yuritmoqda. Shulardan 13 ta bank ustav kapitalida davlat ulushiga ega.
Kapitalbank Kapitalbank aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda Kapitalbank ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
Manba: Kapitalbank
O'xshash yangiliklar
Kuniga bitta onlayn-kredit: O‘zbekiston Markaziy bankining yangi qoidalari nimani o‘zgartiradi

17.02.2026

Kuniga bitta onlayn-kredit: O‘zbekiston Markaziy bankining yangi qoidalari nimani o‘zgartiradi

Buguni kunda Xalq banki jismoniy shaxslarga quyidagi ipoteka kreditlarini taqdim etmoqda

11.02.2026

Buguni kunda Xalq banki jismoniy shaxslarga quyidagi ipoteka kreditlarini taqdim etmoqda

Dam olish endi yanada foydaliroq!

09.02.2026

Dam olish endi yanada foydaliroq!



Orphus tizimi