JET: Qaysi banklarda kartani bepul olish mumkin? Batafsil

Banklar indeksida "Kapitalbank" birinchi o'rinni saqlab qoldi

11.02.2021
"Kapitalbank" moliyaviy vositachilik, aktivlar sifati va likvidligi bo'yicha yuqori natijalarni ko'rsatdi, deb hisoblaydi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM).   ITIM O'zbekistondagi barcha tijorat banklarini o'z ichiga olgan Bank faolligi indeksini taqdim etdi. Umumiy reytingda "Kapitalbank" birinchilikni saqlab qoldi.   Moliyaviy vositachilikning asosiy ko'rsatkichi real sektordan jalb qilingan depozitlarning kreditlarga nisbati hisoblanadi. Ushbu ko'rsatkich qanchalik yuqori bo'lsa, "Bank faolligi indeksi" shuncha yuqori bo'ladi. Shunday qilib, "Kapitalbank" dagi jamg'arma va muddatli omonatlarning umumiy kreditlar hajmidagi ulushi 85 foizni tashkil etdi.   Ta'kidlash joizki, hozirgi kunda O'zbekiston bank tizimida 31 ta tijorat banki faoliyat yuritmoqda.
Kapitalbank Kapitalbank aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda Kapitalbank ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
Manba: Kapitalbank
O'xshash yangiliklar
So‘m o‘z pozitsiyalarini boy berdi, ammo bu uzoq davom etmaydi

01.02.2026

So‘m o‘z pozitsiyalarini boy berdi, ammo bu uzoq davom etmaydi

O‘zbekiston Markaziy banki va Kapitalbank nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moliyaviy inklyuziya forumini o‘tkazdi

28.01.2026

O‘zbekiston Markaziy banki va Kapitalbank nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moliyaviy inklyuziya forumini o‘tkazdi

Har qanday vaziyatga chidamli portfel: nima uchun mablag‘larni turli aktivlarga taqsimlash kerak va buni qanday to‘g‘ri bajarish lozim?

23.01.2026

Har qanday vaziyatga chidamli portfel: nima uchun mablag‘larni turli aktivlarga taqsimlash kerak va buni qanday to‘g‘ri bajarish lozim?



Orphus tizimi