Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi Batafsil

Banklar kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar o‘zgartirildi

01.08.2017


Markaziy bank “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi nizomga (№2693, 06.07.2015) o‘zgartirishlar kiritdi.

Nizomning Umumiy qoidalar bobidagi 3-xatboshida kapital zahiralarga berilgan ta’rif quyidagi shaklda o‘zgartirildi: kapital zahiralar – soliqlar va majburiy to‘lovlar to‘langandan so‘ng sof foyda yoki avvalgi yillarning taqsimlanmagan foydasi hisobidan shakllangan zahiralar.

To‘rtinchi xatboshining 2-jumlasi mana bunday ko‘rinish oldi: “Banklar soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan so‘ng qolgan foyda yoki avvalgi yillarning taqsimlanmagan foydasi hisobidan ushbu nizom kuchga kirgan sanadan e’tiboran ajratilib, hisobot sanasiga “standart” sifatida tasniflangan kreditlar (aktivlar) qoldig‘idan kelib chiqqan holda bunday zahiralarni tashkil qilishlari lozim”.

Ushbu o‘zgarishlar Nizomning 13-bandiga ham tuzatish kiritdi va uni quyidagicha o‘qish lozim: “Dividend stavkalari o‘zgarib turuvchi imtiyozli aksiyalar mazkur Nizomning 11 va 12-bandlaridagi shartlar bajarilishidan qat’i nazar, I darajali kapital hisob-kitobiga kiritilmaydi”.

Joriy yilda qabul qilingan “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Xo‘jalik protsessual kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni va mamlakatimiz Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Iqtisodiy nochor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada kengaytirish hamda tijorat banklarining ko‘chmas mulk ob’ektlari negizida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni kuchga kiritilishi mazkur Nizomning 16-bandini quyidagicha tahrir qilishni toqoza etdi: “Bunda I darajali kapitaldan chegirmalar tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18 noyabrdagi PF-4053-son “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq tanlov savdolarida banklarga realizatsiya qilingan ishlab chiqaruvchi bankrot korxonalar mol-mulki negizida tashkil qilingan korxonalarga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 19 noyabrdagi F-4010-son Farmoyishi bilan tasdiqlangan “Iqtisodiy nochor korxonalarni tanlov savdolarida banklarga realizatsiya qilish tartibi”ga muvofiq iqtisodiy sudlarning qarorlariga binoan kreditor banklar balansiga tugatish qiymati bo‘yicha qabul qilingan ishlab chiqaruvchi bankrot korxonalar mol-mulki negizida tashkil etilgan korxonalarga banklarning investitsiyalari kiritilmaydi”.

Nizomning yangi tahririda 20-bandning oltinchi xatboshisi quyidagicha o‘qiladi: “nomoddiy aktivlar, shuningdek mazkur Nizomning 16-bandida keltirilgan birlashmagan korxonalar kapitaliga investitsiyalar”.

Endilikda 21-bandning oltinchi xatboshisi “tavakkalchilik darajasi past bo‘lgan” degan so‘zlar boshlanadi.

23-bandning ikkinchi xatboshisi “bank tomonidan berilgan barcha kreditlar, mazkur Nizomning 20-22 bandlarida ko‘rsatilgan kreditlar bundan mustasno”, deb o‘qilsa, to‘rtinchi xatboshisidan “yoki restrukturizatsiya qilingan”, degan so‘zlar olib tashlandi.

Ushbu o‘zgarishlar Nizomning 37-bandiga tegishli kiritishni toqoza etdi va jadvalning to‘rtinchi grafasidagi “I darajali asosiy kapitalning regulyativ kapitaldagi ulushi” jumla endi “I darajali asosiy kapitalga” deb tahrir qilindi. 

Манба: www.cbu.uz


BRB
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi

24.10.2024

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi



Orphus tizimi