Banklar salohiyati oshirilmoqda

19.05.2015

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan mamlakatimiz Prezidentining joriy yil 6 maydagi “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori ijrosiga bag'ishlangan seminar tashkil etildi.

Anjumanda Respublika bank tuzilmalarining 300 dan oshiq rahbar va mas'ul xodimlari ishtirok etdi.

Ta'kidlandiki, mamlakatimiz rahbarining mazkur qarori bilan Markaziy bank tomonidan O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va tijorat banklari hamkorligida ishlab chiqilgan Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va likvidligini yanada oshirish, ularning resurs bazasini rivojlantirish kompleks chora-tadbirlari tasdiqlandi.

Seminarda Respublika banklariga xalqaro me'yorlar va standartlarga muvofiq, xususan depozit va kredit siyosati bo'yicha qo'yiladigan me'yoriy talablarni takomillashtirish masalalari taqdimoti namoyish etildi.

Bundan tashqari, tijorat banklarida korporativ boshqaruv metodlarini takomillashtirish, jumladan, xorijiy mamlakatlarning etakchi banklari va moliya tashkilotlaridagi boshqaruv tizimini teran o'rganish asosida tavakkalchiliklarni boshqarish va ichki nazoratni yaxshilash masalalari ko'rib chiqildi.

Seminar davomida mamlakatimiz banklarining barqaror faoliyatini yanada mustahkamlash borasida qator fikrlar bildirildi va ular umumlashtirilgan holda seminarning yakuniy hujjatida aks ettirildi.

www.cbu.uz

BRB
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi