Bank fuqarolardan omonatlarni jalb qilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan litsenziya olishi kerak, shunday qilib omonatlar, fuqarolardan omonatlarni jalb qilish bo‘yicha mutlaq huquqqa ega bo‘lgan tashkilotga topshirilgan.
Banklar fuqarolarning omonatlarini faoliyat uchun resurs sifatida ishlatishini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki nafaqat banklar faoliyatini litsenziyalaydi, balki ularni tartibga soladi va nazorat qiladi.
Pul mablag‘larni omonatga qo‘yish bo‘yicha banklar takliflarini ko‘rib chiqayotganda, har kimda “mening pul mablag‘larim qanchalik himoyalanadi?”, “bank bankrot bo‘lgan taqdirda omonatni qaytarish muddati qanday?” kabi savollar paydo bo‘ladi.
Shuni bilish kerakki, davlat tomonidan omonatlarni kafolatlash tizimi yaratilgan bo‘lib, ushbu tizim muayyan vaziyatlar ro‘y berganda fuqarolarga pul mablag‘larni qaytarib berishni ta'minlaydi.
Ushbu tizim omonat hajmi va valyutasidan qat'iy nazar uning 100% qaytarilishini kafolatlaydi (omonatlarni to‘liq hajmda qaytarish kafolati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 noyabrdagi “Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi omonatlarini himoyalash kafolatlarini ta'minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4057 sonli Farmoniga asosan kiritilgan). Ushbu tizim barcha mamlakatlarda ham ishlamaydi, masalan, Rossiyada davlat omonatlarni faqat 1,4 million rublgacha (196 million so‘m) qaytarishni kafolatlaydi).
Mamlakatimizda omonatlarni kafolatlash va qaytarish bo‘yicha mas'ul davlat tashkiloti omonatlarni kafolatlash Fondi hisoblanadi (Fond O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq faoliyat yuritadi).
Ushbu bank litsenziyasi Markaziy bank tomonidan chaqirib olingan taqdirda fuqarolarning banklardagi omonatlarini qaytarilishi Fond tomonidan kafolatlanadi.
Shuni ta'kidlash kerakki, omonatlarning qaytarilishi bank qayta tashkil etilgan holatlarda kafolatlanmaydi, chunki omonatlar saqlanadigan hisobvaraqlar saqlanib qoladi.
Omonatlarni kafolatlashda omonatlar summasi foiz to‘lovlarisiz qaytarilishi ko‘zda tutilgan. Ammo, agar omonat shartlarida foizlarni kapitalizatsiyalash1 ko‘zda tutilgan bo‘lsa, bunda Fond kapitalizatsiyalangan foizlarni hisobga olgan holda omonat qaytarilishini kafolatlaydi.
Fond mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida saqlanadi va banklarning badallari hisobidan shakllanadi.
Fond tomonidan quyidagi pul mablag‘lari kafolatlanmaydi:
Fuqarolarning omonatlarini qaytarilishi bank va Fond mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Banklardagi omonatlarni to‘lab berish tartibi 4 bosqichdan iborat:
Banklardagi omonatlarni kim kafolatlaydi?