O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankida bank tizimining 2015 yilning I yarim yilligidagi faoliyati yakunlari va mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov tomonidan Vazirlar Mahkamasining joriy yil 16 yanvardagi majlisida belgilab berilgan 2015 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim yo'nalishlari va ustuvor vazifalari ijrosi hamda Vazirlar Mahkamasining shu yil 16 iyuldagi yig'ilishida bank tizimi oldiga qo'yilgan dolzarb vazifalarning muhokamasiga bag'ishlangan kengaytirilgan Boshqaruv majlisi bo'lib o'tdi.
Qayd etildiki, hisobot davrida Markaziy bankning pul-kredit siyosati 2015 yil uchun mo'ljallangan makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning bajarilishiga, mamlakatimiz Prezidentining bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga erishishga qaratilgan farmon va qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlashga qaratildi.
2015 yilning I yarim yilligida mamlakatimiz bank tizimining kapitallashuv darajasini oshirish, uning likvidligini yanada mustahkamlash, barqarorligini kuchaytirish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Natijada bank tizimida nafaqat xalqaro umumqabul qilingan me'yorlarga, balki ayrim yo'nalishlar bo'yicha undan ham yuqori ko'rsatkichlarga erishildi, deya xabar bermoqda Markaziy bankning rasmiy veb sayti.
Shu bilan birga, shu kuni ATB “Qishloq qurilish bank”da 2015 yilning I yarim yilligidagi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan majlis bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda har bir filialning faoliyat natijasi hamda reja-prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi muhokama qilindi.
Shuningdek, majlisda «Keksalarni e'zozlash yili» Davlat dasturida belgilangan har bir vazifaning o'z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlashga qaratilgan ishlarni faol davom ettirish vazifalari ham yuklatildi.
Bank axborot xizmati
30.10.2024
Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi
25.10.2024
Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi
24.10.2024
Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar
Banklarni kapitallashtirish iqtisodiy o'sishga samarali yordam bermoqda