Bankdagi omonat shartnomasini olgandan keyin Siz ikkala tomonning huquqlari va majburiyatlari, omonat muddati va shartlari, muddatidan oldin yopilishi shartlari va boshqa muhim ma'lumotlarni topasiz. Shartnomani va unda ko‘rsatilgan barcha bo‘limlarni diqqat bilan o‘rganish kerak, chunki Siz imzo qo‘yishingiz bilan, barcha shartlarga rozi bo‘lishingizni nazarda tutasiz.
Shartnomani imzolashdan oldin quyidagilarga alohida e'tibor bering:
Omonat miqdori va muddati. Omonat miqdori, muddati, foiz stavkasi ko‘rsatilgan qismga e'tibor qaratish juda muhim. Agar kelajakda omonatni to‘ldirishni istasangiz, bank xodimidan omonatni to‘ldirish imkoniyati mavjudligi to‘g‘risida so‘rash lozim.
Foizlarni hisoblash shartlari va tartibi. Bu juda muhim ma'lumot, chunki omonat joylashtirilganda asosiy va qiziqarli qismi foizlardir. Hisoblangan foizlar bir oydagi kunlar soniga qarab farq qilishi va turli davrlar uchun har xil bo‘lishi mumkinligini tushunish muhimdir.
Omonatni muddatidan oldin yopish. Agar to‘satdan Sizga zudlik bilan pul kerak bo‘lsa va Siz kelishilgan sanadan oldin omonatni yopishingiz kerak bo‘lsa, bu haqda bankka bir oydan kechiktirmasdan xabar berishingiz kerak. Bunday holda foizlarni hisoblash tartibi alohida punktda belgilanadi.
Rekvizitlarning o’zgarishi. Agar Siz pasportingizni, familiyangizni, mobil telefon raqamingizni yoqotgan yoki o‘zgartirgan bo‘lsangiz, shartnomaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida qisqa vaqt ichida bankka xabar berishingiz kerak (ma'lumot berish muddati banklarda farq qiladi).
Xabardorlik. Bank kartasidagi operatsiyalar to‘g‘risida ma'lumotni real vaqtda olish juda qulay, chunki shu bilan hisob holatini kuzatib boramiz. Omonat bo‘yicha ham. Shartnoma tuzayotganda Siz ushbu xizmatga ulanib, foizlar va omonat bo‘yicha boshqa operatsiyalarni hisoblashda bankdan xabar olish xizmatini tanlashingiz mumkin. Xabarlarni quyidagilar yordamida olishingiz mumkin:
Shartnoma muddati. Agar omonatingiz Sizga har kuni foyda olib kelishini istasangiz shartnoma muddati (omonat muddati) haqida unutmaslik kerak. Bank Sizning bank shartnomangiz muddati tugaganligi to‘g‘risida Sizga xabar berishga majbur emas. Agar Siz muddatli omonatdan pulingizni olib qo‘ymasangiz, muddat tugagan taqdirda u talab qilib olinguncha omonat turiga aylanadi.
Yodingizda bo‘lsin! Bank foizlarni to‘lash shartlarini, komissiya miqdorini va tuzilgan shartnomalarning amal qilish muddatini bir tomonlama tartibda o‘zgartirishga haqli emas. Bank bilan shartnoma tuzgandan so‘ng, bitta asl nusxani o‘zingiz bilan saqlang.
Bankning omonat shartnomasida nimalar bor?